Abdulaxad Abdurashidov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulaxad Abdurashidov
image
Tavalludi 11-iyun 1956-yil (1956-06-11) (69 yosh)
Margʻilon, Fargʻona viloyati, OʻzSSR
Fuqaroligi image OʻzSSR→image Oʻzbekiston
Taʼlimi 1976–1981-yillar Oʻzbekiston konservatoriyasi
Kasbi Naychi sozanda
Mukofotlari imageimage

Abdulaxad Abdulhamidovich Abdurashidov (11-iyun 1956-yil, Margʻilon) – sozanda (naychi). Oʻzbekiston xalq artisti (2000). Fargʻona davlat musiqa bilim yurti (1975) va Toshkent davlat konservatoriyasini 1981-yil tugatgan. Margʻilondagi „Doʻstlik“ bolalar ansamblida badiiy rahbar (1983-90), Oʻzteleradio kompaniyasining „Maqom“ ansamblida sozanda (1990-yildan). Repertuaridan mumtoz va xalq cholgʻu kuylari („Choʻli Iroq“, „Yovvoyi Chorgoh“, „Qalandar“, eroncha „Shoda-shoda“ va boshqalar), oʻzbek ashula va katta ashulalarning cholgʻu yoʻllari („Figʻon“, „Hanuz“, „Ey, sabo“, „Bir kelsun“ va boshqalar) oʻrin olgan. Ijro uslubiga badihagoʻylik, musiqiy-ifodaviy vositalarning yorqinligi, shu jumladan noziq nolalardan mohirona foydalanish xosdir. Bastakor sifatida „Nay nolasi“, „Nigohing“ kabi kuylarni, „Fargʻona ekan doʻstlar“, „Margʻilon atlaslari“, „Paydo boʻlibdi“ va boshq ashulalarni yaratgan.

Manbalar

| ]
  1. "Abdurashidov Abdulaxad Abdulhamidovich" OʻzME. A-harfi[sayt ishlamaydi] Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  2. https://m.kun.uz/news/2020/08/27/prezident-mustaqillik-bayrami-arafasida-ijtimoiy-sohadan-166-kishini-mukofotladi-royxat
  3. https://lex.uz/uz/docs/-2367699




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdulaxad Abdurashidov haqida, Abdulaxad Abdurashidov nima? Abdulaxad Abdurashidov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan