Abdulaziz Mansur
| Abdulaziz Mansur | |
|---|---|
Абдулазиз Мансур | |
| Oʻzbekiston Prezidentining davlat maslahatchisi | |
| Mansab davri 1997-yil – 2000-yilgacha | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Tavalludi | 9-aprel 1944-yil Fargʻona tumani, Fargʻona viloyati, OʻzSSR |
| Dini | islom |
Shayx Abdulaziz Mansur (oʻzbekcha: Мансуров Абдулазиз Дадажон ўғли; 1944-yili Fargʻona viloyati Farg‘ona tumanida tugʻilgan) – Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisining oʻrinbosari (2006-yildan hozirgi kunga qadar), Toshkent shahrining bosh imom-xatibi va Minor masjidining imomi (2018-yil 24-iyundan 2019-yil 4-yanvarga qadar).
Biografiyasi
| ]Maktabni tamomlagandan soʻng Oltiariq tumani va Margʻilon shahridagi turli idoralarda ishlagan.
1975—1979 yillari Imom Buxoriy nomidagi Toshkent islom institutida tahsil oldi.
1979—1980 yillarda „Sovet Sharqi musulmonlari“ jurnali tahririyatida mas’ul kotib boʻldi.
1980–1981-yillari Sudan islom universitetida tahsilni davom ettirdi.
1982—1989 – Oʻrta Osiyo va Qozogʻiston musulmonlari diniy boshqarmasi Fatvo boʻlimi mudiri.
1989—1993 – Abu Rayhon Beruniy nomidagi Sharqshunoslik institutida ilmiy xodim.
1993—1994 – „Movarounnahr“ nashriyoti mudiri.
1994—1997 – Oʻzbekiston Respublikasi Vazirlar Mahkamasi huzuridagi Din ishlari boʻyicha qoʻmita boʻlim boshligʻi.
1997—2000 – Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining millatlalaro munosabatlar va diniy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi.
2000—2006 – Toshkent islom universitetining maʼnaviy-marifiy ishlar boʻyicha prorektori.
2006-yildan buyon Oʻzbekiston musulmonlari idorasi raisi (muftiy)ning oʻrinbosari (muovini)dir.
2018—2019-yillarda Toshkent shahrining bosh imom xatibi va Minor masjidining imomi boʻlgan.
Ilmiy ishlari
| ]Shayx Abdulaziz Mansur amalga oshirgan „Qur’oni karim maʼnolarining tarjima va tafsiri“ 2002-yilda nashr qilindi.
„Sahihi Buxoriy“ni tarjima va sharh qilib, ikki jildda nashr ettirgan.
Oʻzbekiston musulmonlari idorasi huzurida tuzilgan diniy adabiyotlar nashri boʻyicha maxsus hay’at raisidir.
Yana qarang
| ]- Alouddin Mansur
- Muhammad Sodiq Muhammad Yusuf
- Shamsiddinxon Boboxonov
- Usmonxon Alimov
Manbalar
| ]- Toshkent shahrining yangi bosh imom xatibi tayinlandi
- Sheyx Abdulaziz Mansur naznachen glavnim imam-xatibom Tashkenta
- Shayx Abdulaziz Mansur
- 9-aprelda tugʻilganlar
- 1944-yilda tugʻilganlar
- Fargʻona tumanida tugʻilganlar
- Oʻzbekiston yetakchilari
- Imomlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdulaziz Mansur haqida, Abdulaziz Mansur nima? Abdulaziz Mansur nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!