Abdulqodir Muhitdinov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Abdulqodir Muhitdinov
image
 Oʻzbekiston SSR taʼminot xalq komissari
Mansab davri
1929-yil – 1933-yil
image
 1-Tojikiston ASSR XKS raisi
Mansab davri
1926-yil 16-dekabr – 1929-yil 15-yanvar
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Abdurahim Hojiboyev
image
 BXSR Xalq nozirlar shoʻrosi v.b.
Mansab davri
1923-yil 15-may – 1924-yil 27-oktyabr
Oʻtmishdoshi Abdurauf Fitrat
Vorisi lavozim bekor qilingan
image
 1-BXSR MIQ raisi
Mansab davri
1920-yil 8-oktyabr – 1921-yil 22-sentyabr
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Usmonxoʻja Poʻlatxoʻjayev
image
 1-Buxoro Markaziy Inqilobiy Komiteti raisi
Mansab davri
1920-yil 14-sentyabr – 22-oktyabr
Oʻtmishdoshi lavozim taʼsis etilgan
Vorisi Fayzulla Xoʻjayev
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1892-yil
Buxoro, Buxoro amirligi
Vafoti 1-iyun 1934-yil (42 yosh)
Oʻlim sababi oʻlimga hukm qilingan
Siyosiy partiyasi Yosh buxoroliklar
Boshqa siyosiy
birlashmalari
VKP (b)
Otasi Muhiddin Mansurov
Mukofotlari image image

Abdulqodir Muhitdinov (1892-yil Buxoro – 1934-yil 6-yanvar Toshkent) – Buxorodagi jadidchilik harakati namoyandasi, siyosat arbobi. Boshlangʻich taʼlimni Buxoroda olgach, Istanbul madrasasida oʻqidi. Otasi yirik savdogar Mirza Muhiddin Mansurov ilk jadid gazetasi – „Buxoroyi sharif“ni moddiy jihatdan taʼminlab turgan, yangi usul maktablariga homiylik qilgan. Muhitdinovning ilk maqolalari Orenburgdagi „Vaqt“ gazetasida eʼlon qilingan (1910).

Buxoroda 1917-yil aprel namoyishlardan keyin yosh buxoroliklar partiyasi MKga aʼzo boʻldi. Kolesov voqeasidan keyin Samarqand, Toshkent, Moskvada muhojirlikda yashagan. Turkiston musulmonlari byurosi aʼzosi (1919—20). „Qutulish“ gazetasi muharriri (1920). Buxoro inqilobiy qoʻmitasi raisi, BXSR dehqonchilik noziri (1920—21). BXSRning dastlabki Konstitutsiyasini ishlab chiqishda qatnashgan, Buxoroda yer-suv islohoti oʻtkazilishi tashkilotchilaridan biri. Muhitdinov BXSRning xorijiy mamlakatlar bilan Rossiya vositachiligisiz mustaqil aloqa oʻrnatish, bosqinchi qizil armiyani olib chiqib ketish, xalq militsiyasi singari milliy armiya tuzishni qatʼiy talab qilgan. 1921—1924-yillarda BXSR savdo va sanoat vaziri, Buxoro Xalq xoʻjaligi Oliy kengashi raisi, Buxoro Iqtisodiy kengashi raisi, BXSR Nozirlar shoʻrosi raisining 2-muovini lavozimlarida ishlagan. Oʻrta Osiyoda milliy-hududiy chegaralanish oʻtkazilib, Oʻzbekiston SSR tarkibida Tojikiston ASSR tashkil qilingach, Muhitdinov Tojikiston ASSR Xalq Komissarlari Soveti raisi qilib tayinlandi (1925—29). Tojikiston SSR tuzilgach, u Oʻzbekiston SSR taʼminot xalq komissarligida ishladi. 1933-yil 21-avgustda sovet rejimi tomonidan Muhitdinov qamoqqa olinib, unga „burjua millatchisi“ tamgʻasi yopishtirildi va 1934-yil 1-iyunda otib tashlandi.

Buxoro Xalq Sovet Respublikasida

| ]

1920—1921-yillar – Buxoro Markaziy Inqilobiy Komiteti raisi, Buxoro Xalq Sovet Respublikasi Markaziy Ijroiya Qoʻmitasi raisi,

1921—1923-yillar – qishloq xoʻjaligi noziri, Buxoro XSR savdo va sanoat vaziri.

1923—1924-yillar – Buxoro XSR Iqtisodiy Kengashining raisi, 1923-yil 15-maydan 1924-yil 27-oktabrgacha BXSR Xalq Nozirlari (Vazirlar) Soveti raisi vazifasini bajaruvchi.

1923—1924-yillar – Oʻrta Osiyo iqtisodiy konferensiyasida Buxoro XSR – SSR vakolatxonasi aʼzosi.

Oʻzbekiston SSR va Tojikiston ASSRda

| ]

1924—1926-yillar – Oʻzbekiston SSR tarkibida muxtoriyat tuzilganidan keyin Tojikiston ASSR Muvaqqat inqilobiy qoʻmitasi aʼzosi.

1926—1929-yillar – 1926-yil 16-dekabrda Tojikiston ASSRning saylangan davlat organlari (Muvaqqat inqilobiy qoʻmita oʻrniga) tuzilgandan soʻng uning Xalq Komissarlari Soveti raisi etib saylandi.

1929—1930-yillar – Markaziy Osiyo iqtisodiy konferensiyasida Tojikiston ASSR – SSR vakolatxonasi aʼzosi;

1930—1933-yillar – Oʻzbekiston SSR taʼminot xalq komissari.

1933-yil dekabr oyida ishdan boʻshatildi, uni Dushanbe shahrini Stalinobodga oʻzgartirishga qarshi chiqishda ayblashdi. Tojikiston SSR Xalq Komissarlari Soveti raisi Abdulla Rahimboyev Muxitdinov 1925—1929-yillarda tojik millatchilik harakatining faol ishtirokchilaridan biri boʻlganini taʼkidladi.

1933-yil 21-avgustda hibsga olingan, 1934-yil 1-iyunda oʻlimga hukm qilingan. Xuddi shu kuni otilgan. 1958-yil 25-yanvarda toʻliq reabilitatsiya qilindi va partiyaga qayta tiklandi.

Oilasi

| ]

Aka-uka va opa-singillari

Mukofotlari

| ]
  • Qizil Bayroq ordeni (1920 va 1922)
  • Buxoro XSR 1-darajali Qizil Yulduz ordeni

Manbalar

| ]
  1. Rӯznomai „Kommunist Tadjikistana“, 22 oktyabri 1989
  2. „Сталинские репрессии в Таджикистане: кого они коснулись?“. 2021-yil 8-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 8-dekabr.

Adabiyotlar

| ]
  • Ayniy S, Buxoro inqilobi tarixi uchun materiallar, M., 1926; Rajabov K,., Buxoroga qizil armiya bosqini va unga karshi kurash, T., 2002.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdulqodir Muhitdinov haqida, Abdulqodir Muhitdinov nima? Abdulqodir Muhitdinov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan