Abduqodir Boqiyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya
(dan yoʻnaltirildi)

Abduqodir muhandis, Abduqodir Boqiyev (1868-Samarqand — 1934) — xalq meʼmori, koshinsoz usta. Abduqodir muhandis 20-yillargacha Ulugʻbek madrasasi ravoqining nuragan madohil gulli lavhalarini koshinlagan. Xizr masjidi, Yangi Madrasa, Qoʻshhovuz mu-azzinxonasi kabi binolarning koshin-korlik ishlarini bajargan. Keyinchalik Samarqand tarixiy obidalarini tiklash ishlariga boshchilik qilgan. 30-yillarda Tillakori madrasasining koshinsozlik ishlarini olib borgan. U Buxorodagi Minorai kalon zahalarini havozasiz tuzatdi. Sankt-Peterburgdagi Duma binosi, Afgʻonistondagi Mozori Sharif va Oʻrta Osiyodagi koʻplab meʼmoriy yodgorliklarni tiklash ishlarida qatnashgan. Samarqand Registonida toshdan „Quyosh soati“ni qurgan.

Adabiyotlar

| ]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abduqodir Boqiyev haqida, Abduqodir Boqiyev nima? Abduqodir Boqiyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan