Abdurahmonbek Oʻrazayev
Abdurahmonbek Oʻrazayev (1888-yil, Yangi Margʻilon — taxminan 1934—1940-yil, Toshkent ) — huquqshunos, siyosat va davlat arbobi; advokat yordamchisi, Farg‘ona saylov okrugi bo‘yicha Butunrossiya Ta'sis Assambleyasi deputati, Turkiston muxtoriyati ichki ishlar vaziri o‘rinbosari.
Abdurahmonbek O’razayev | |
---|---|
Abdurahmonbek O’razayev | |
![]() | |
Turkiston muxtoriyati ichki ishlar vaziri oʻrinbosari | |
Shaxsiy maʼlumotlari | |
Tavalludi | 1888-yil Yangi Marg’ilon (hozirgi Farg’ona) |
Vafoti | taxminan 1934—1940-yil |
Otasi | Muhammad Oʻrazayev |
Tarjimayi holi
Abdurahmonbek Oʻrazayev 1888-yilda Yangi Margʻilon (hozirgi Fargʻona) shahrida amaldor oilasida tavallud topgan. U qozoqlarning qipchoq urugʻidan boʻlgan.
Millati qozoq , Yangi Margʻilon shahrida amaldor Al-Muhammed Oʻrazoev oilasida tugʻilgan. 1910-yil Skobelev gimnaziyasini va 1915-yil Moskva universitetining yuridik fakultetini tugatgan. Keyinroq advokat yordamchisi bo'lib ishlagan.
Abdurahmonbek Oʻrazayev 1910-yilda Skobelov gimnaziyasini va 1915-yilda Moskva universitetining yuridik fakultetini tamomlagan. Uning ikki nafardan akasi va singlisi boʻlgan. Abdurahmonbek Oʻrazayevning Oyshaxonim Oʻrazayeva (1897—1988) ismli singlisi boʻlib, sovet maktabida ishlagan. U Turkistondagi dastlabki oʻqituvchilardan biri boʻlgan. Oyshaxonim Oʻrazayeva mehnat faoliyati davomida Namangandagi rus-tuzem maktabida rus tilidan dars bergan.
Faoliyati
U faoliyati davomida Advokat yordamchisi lavozida ishlagan. 1917-yilda Fargʻona saylov okrugidan Butunrossiya Taʼsis Majlisi aʼzosi qilib saylangan. 1917-yil noyabrda Turkiston muxtoriyati tashkil etilgach, u Milliy Majlis aʼzosi hamda ichki ishlar vaziri oʻrinbosari boʻlgan. U faoliyati davomida eserlar partiyasi faollaridan boʻlgan. 1918-yil Turkiston muxtoriyati bolsheviklar tomonidan tugatilgach, Abdurahmonbek Oʻrazayev qoʻlga olingan. Keyinchalik u Sibirga surgun qilingan. U yerda sil kasali bilan qattiq betob boʻlib qolgach, Toshkentga qarindoshlari oilasiga qaytishga ruxsat berilgan. U 1937-yil 49 yoshida ogʻir kasallikdan vafot etadi.
Oilasi
Otasi Muhammad Oʻrazayev boʻlib, Oʻrta juzdagi aslzodalardan biri. Otasi 2-Orenburg kadet korpusini tamomlagan va va Urush vazirligida xizmat qilgan. Margʻilon uyezdi boshqarmasida kotib va tarjimon sifatida faoliyat olib borgan (Fargʻona viloyati harbiy boshqarmasi toʻgʻrisida 1881-yil 1-yanvardagi 2-son buyrugʻiga asosan). 1882-yil 29-mayda (1882-yil 31-oktyabr) ish stajiga ega bo'lgan kollegiya kotibi. Xristian bo'lmaganlar uchun beriladigan 3-darajali Stanislav ordeni (1882-yil 31-avgust) hamda 1897-yilda aholini birinchi marta roʻyxatga olish boʻyicha qilgan ishlari uchun Aleksandr III hukmronligi xotirasiga davlat ranglarining lentasida koʻkragiga taqiladigan kumush medali bilan taqdirlangan (Harbiy boʻlimning 1896-yil 17-martdagi 60-son buyrugʻi). Vafot etganidan soʻng 1898-yil 10-mayda harbiy bo'limning mansabdor shaxslari ro'yxatidan chiqarildi.
Onasi — Niyozxon Bibixonim, oʻzbek, Fargʻona viloyati, Novomargelan tumani, Auval qishlogʻidan. Erining vafotidan keyin u o‘qituvchi bo‘lib ishlagan.
Onasi — Niyozjon Bibixonim, oʻzbek, Fargʻona viloyati, Yangi Margʻilon uyezdi, Avval qishlogʻida tugʻilgan tugʻilgan. Turmush oʻrtogʻi vafot etganidan keyin oʻqituvchilik bilan shugʻullangan
Opasi – Oyshaxonim O‘razayeva (1897-yil 2-sentyabr – 1988-yil 31-yanvar), Turkistonning ilk xalq o‘qituvchilaridan biri. Farg‘ona xotin-qizlar gimnaziyasini tamomlagan, Namangan shahridagi rus millatiga mansub maktabda rus tilidan dars bergan. 1917-yilgi inqilobdan keyin Skobelev Sovet maktabida ishlagan. Atoqli oʻzbek olimi va oʻqituvchisi, Sovet Oʻzbekistonida fan va taʼlim tashkilotchisi, Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademigiToshmuhammad Qori-Niyoziyning turmush oʻrtogʻi boʻlgan. Oʻrazayevning ikki nafardan akasi va singlisi boʻlgan.
Oyshaxonim Oʻrazayeva (1897—1988) ismli singlisi sovet maktabida ishlagan. U Turkistondagi dastlabki oʻqituvchilardan biri boʻlgan. Oyshaxonim Oʻrazayeva mehnat faoliyati davomida Namangandagi rus-tuzem maktabida rus tilidan dars bergan.
Manbalar
- Abdullayev R. Raximov M, Rajabov Q va boshqalar. O’zbekiston tarixi (1917—1991) birinchi kitob. Toshkent: O’zbekiston, 2019 — 560-bet.
- „Исхаков С. М. Русская революция 1917 года и тюрки Центральной Азии.“. 2016-yil 29-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2016-yil 23-may.
- Rajabov Q. Turkiston muxtoriyati vazirlari hamda milliy majlis a’zolari hayoti va taqdiri. Toshkent: Bodomzor invest, 2021 — 92-bet.
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abdurahmonbek Oʻrazayev haqida, Abdurahmonbek Oʻrazayev nima? Abdurahmonbek Oʻrazayev nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!