Abulfazl Allomiy

Abulfazl Allomiy (toʻliq ismi: Shayx Abulfazl ibn Shayx Muborak; 1551-yil 14-yanvar – 1602-yil 12-avgust) – davlat arbobi, tarixchi va adib. Abulbarakot Qodiriyning ukasi.

Abulfazl Allomiy
image
Tavalludi
Shayx Abulfazl ibn Shayx Muborak

14-yanvar 1551-yil
Vafoti 12-avgust 1602-yil(1602-08-12)
(51 yoshda)
Fuqaroligi Boburiylar davlati
Qarindoshlari Abulbarakot Qodiriy (akasi)

Akbarning vaziri, bosh munshiysi va eng yaqin doʻsti. Uning „Akbarnoma“, „Oyini Akbariy“ („Akbarshoh qonunlari“) kabi yirik tarixiy asarlari Akbarga bagʻishlangan. „Mukotaboti Allomiy“ (boshqa nomi „Inshoyi Abulfazl“) asarida Akbarning 12 viloyat hokimlari, Buxoro xonligi, Eron shohlari va Turkiya sultonlari bilan yozishmalari jam 1ilingan. Bu maktublar boburiylarning qoʻshni Sharq mamlakatlari bilan boʻlgan iqtisodiy va siyosiy munosabatlarini oʻrganishda qimmatli manba hisoblanadi. Abulfazl Allomiy tarjimon sifatida ham nom qoldirdi. U qadimiy hind faylasufi Pilpoyk asarlaridan ayrim parchalarni fors tiliga tarjima qilib, „Iyori donish“ („Bilim oʻlchovi“) nomi bilan bir kitobga jamladi. Abulfazl Allomiy 1603-yil Bundala qabilasining boshligʻi Singxa Devu tarafidan oʻldirilgan.

Manbalar

  1. Hamidjon Xomidiy; Mahmud Hasaniy. Mashriqzamin hikmat boʻstoni. Toshkent: „Sharq“ nashriyotmatbaa konserni, 1997-yil — 251-bet. 
  2. image „Abulfazl Allomiy“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.

Havolalar




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Abulfazl Allomiy haqida, Abulfazl Allomiy nima? Abulfazl Allomiy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan