Adham Ahmadboyev

Ahmadboyev Adham Akromovich (oʻzbekcha: Аҳмадбоев Адҳам Акромович, Axmedbaev Adxam Akramovich; 1962-yil 14-fevral, Toshkent) — 2013-2017-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri, 2017-yilda Oʻzbekiston Prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha Davlat maslahatchisi.

Ahmadboyev Adham Akromovich
image
 Oʻzbekiston Respublikasi prezidentining siyosiy-huquqiy masalalar boʻyicha davlat maslahatchisi
Mansab davri
4-yanvar 2017-yil – 1-mart 2017-yilgacha
Prezident Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Jamshid Fayziyev
Vorisi Otabek Murodov
image
 Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri
Mansab davri
13-dekabr 2013-yil – 4-yanvar 2017-yilgacha
Hukumat boshligʻi Shavkat Mirziyoyev
Abdulla Oripov (siyosatchi)
Prezident Islom Karimov
Shavkat Mirziyoyev
Oʻtmishdoshi Bahodir Matlyubov
Vorisi Abdusalom Azizov
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 14-fevral 1962-yil (1962-02-14) (63 yosh)
Toshkent, Oʻzbekiston SSR
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Xizmat yillari 1984-yildan
Unvoni General-mayor (2011-2014)
General-leytenant (2014-2017)
Polkovnik (2017-yildan)

Biografiyasi

Ichki ishlar idoralaridagi faoliyatini 1984-yilda Toshkent shahar Shayxontohur (sobiq oktyabr) tumani militsiyasida uchastka noziri lavozmidan boshlagan.

1989-yildan 2004-yilgacha Toshkent viloyati va Toshkent shahri Ichki ishlar idoralarida turli lavozimlarda ishlagan.

2004-2005 yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi Shaxsiy tarkib boʻyicha maxsus inspeksiyasi boshligʻi.

2005-2006 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Prezidenti devonining masʼul xodimi.

2006-2011 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining oʻrinbosari.

2011-2013 yillarda — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari, bir vaqtning oʻzida Oʻzbekiston futbol assotsiatsiyasi vitse-prezidenti.

2013-yildan 2017-yilgacha — Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vaziri.

2017-yil 4-yanvardan 1-martgacha Oʻzbekiston Respublikasi Prezidentining Davlat maslahatchisi.

2017—2018-yillarda Oʻzbekiston Respublikasi Ichki ishlar vazirligi akademiyasida kafedra mudiri.

Oilasi

Otasi — Ahmadboyev Akrom Gʻulomovich, Sanoatkontexnazorat raisi boʻlgan. Qudasi Shodiyev Abdukarim Abdurahmonovich — 1999-yildan 2018-yilgacha Ichki ishlar vazirligi Jazoni ijro etish bosh boshqarmasi rahbari boʻlgan. 2018-yil 9-fevralda qamoqqa olingan. Uning keyingi taqdiri jamoatchilikka nomaʼlum.

Ikki nafar farzandi bor.

Manbalar

  1. Vazir va urinbosarlar, 2015-09-14da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-09-02
  2. Biografiyasi, 2016-03-05da asl nusxadan arxivlandi, qaraldi: 2015-10-16
  3. Oʻzbekiston Respublikasi IIV rahbari oʻzgardi
  4. „arxiv nusxasi“. 2018-yil 22-iyunda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-sentyabr.
  5. Ahmadboyev
  6. Abdukarim Shodiev ushlandi

Yana qarang

  • Zokir Almatov
  • Bahodir Matlyubov
  • Poʻlat Bobojonov
  • Abdusalom Azizov
  • Muidjon Tohiriy
  • Amaldagi ichki ishlar vazirlari


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Adham Ahmadboyev haqida, Adham Ahmadboyev nima? Adham Ahmadboyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan