Ahmadali Asqarov

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Ahmadali Asqarov
image
Ahmadali Asqarov yangi topilgan qadimiy qabriston - Yuqori Chinor yodgorligida (2009-yil)
Tavalludi 25-sentyabr 1935-yil (1935-09-25) (90 yosh)
Uchtepa qishlogʻi, Norin tumani, OʻzSSR
Fuqaroligi image O‘zbekiston SSR
image Oʻzbekiston
Millati Oʻzbek
Sohasi arxeolog va tarixchi olim
Taʼlimi Oʻzbekiston milliy pedagogika universiteti
Akademik rahbarlari Mixail Gryazov
Mukofotlari

image image image

image image

Ahmadali Asqarov (1935.25.9, Namangan viloyati Norin tumani Uchtepa qishlogʻi) — arxeolog-tarixchi olim. Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1987), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1995), tarix fanlari doktori (1978), professor (1990). Toshkent davlat pedagogika institutini tugatgan (1957), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Arxeologiya instituti direktori (1970-80; 1983-87), Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasi Tarix institutining direktori (1991-95), Akademiyaning tarix, tilshunoslik va adabiyotshunoslik boʻlimining akademik-kotibi (1987-92), raisi (1994-98). Oʻzbekiston Respublikasi xalq deputati (1990-95).

Mukofotlari

| ]

Ahmadali Asqarov Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1985). 1992-yili „Mustaqillik“ esdalik nishoni bilan taqdirlangan. 1993-yilda Oʻzbekiston Fanlar Akademiyasining 60 yillik nishonini olgan. 1995-yilda T.N.Qori-Niyoziy nomidagi medal bilan taqdirlangan va „Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi“ faxriy unvonini olgan. 2023-yilda Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan yoshlar murabbiysi mukofoti bilan taqdirlangan.

Ilmiy faoliyati

| ]

Asosiy ilmiy ishlari Oʻrta Osiyoda saqlanib qolgan moddiy-madaniyat yodgorliklarini ochish va ularda arxeologik tadqiqotlar oʻtkazish yoʻli bilan Oʻzbekiston tarixini oʻrganishga bagʻishlangan. A.Asqarov bronza va ilk temir davri qadimgi dehqonchilik va chorvachilik madaniyatlari, Oʻzbekiston hududida ilk shaharsozlik madaniyati va oʻzbek xalqi davlatchiligining ilk bosqichlari, oʻzbek xalqi etnogenezi va etnik tarixi kabi masalalar olimning ilmiy yoʻnalishi hisoblanadi. A.Asqarov birinchi oʻzbek arxeologi akademik Y.Gʻ.Gʻulomov arxeologik ilmiy maktabining izchil davomchisi. U „Bronza davrida quyi Zarafshon madaniyati“ mavzusida nomzodlik dissertatsiyasini, „Janubiy Oʻzbekiston bronza davrida (Qadimgi Sharq tamaddudining mahalliy oʻchogʻining tashkil topishiga doir)“ mavzusida doktorlik dissertatsiyasini himoya qilgan. A.Asqarov - 450 dan ziyod ilmiy ishlar, shularning 50 dan ortig‘i chet tillarida, 16 monografiya, 1 ta darslik, 8 ta o‘quv-metodik qo‘llanma muallifi.

Adabiyotlar

| ]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

Manbalar

| ]
  1. Prof. R.H.Murtazayeva. O'zbekiston tarixchilari I jild (Bibliografik ma'lumotnoma), Toshkent 2012. 
  2. „Президент фан, таълим, соғлиқни сақлаш, адабиёт, маданият, санъат соҳалари ва ОАВ ходимларини мукофотлади“. xabar.uz. Qaraldi: 26-avgust 2023-yil.
  3. „Prezident fan, taʼlim, sogʻliqni saqlash, adabiyot, madaniyat, sanʼat sohalari va OAV xodimlarini mukofotladi“. oyina.uz. Qaraldi: 26-avgust 2023-yil.
  4. „O‘zbekiston Respublikasi mustaqilligining o‘ttiz ikki yilligi munosabati bilan fan, ta’lim, sog‘liqni saqlash, adabiyot, madaniyat, san’at sohalari va ommaviy axborot vositalari xodimlaridan bir guruhini mukofotlash to‘g‘risida“. uza.uz. Qaraldi: 26-avgust 2023-yil.




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ahmadali Asqarov haqida, Ahmadali Asqarov nima? Ahmadali Asqarov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan