Aleksandr Koʻprin

Aleksandr Ivanovich Koʻprin [1870.26.8(7.9), Varovchat shahri — 1938.25.8, Leningrad] — rus yozuvchisi. Dastlabki asarlarida kambagʻallar hayotini, kishilarning ogʻir turmush tarzini realistik tasvirlagan ("Ofat" qissasi, 1896). Ijodida ijtimoiy-tanqidiy kayfiyatlarning kuchayishi "Yakkama-yakka olishuv" (1905), "Oʻra" (1909—15) qissalarida aks etgan. Nafis ifodalangan obrazlarning xilma-xilligi, lirik holatlari "Olesya" (1898), "Gambrinus" (1907), "Yoqut koʻzli bilagoʻzuk" (1911) kabi qissa va hikoyalarida mujassamlashgan. "Listrigonlar" ocherklar turku mi (1907— 11) bor. 1919—37 yillarda muhojirlikda (asosan, Parijda) yashab, "Yunkerdar" (1928-32), "Janeta" (193233) qissalarini, bir qancha ocherk va hikoyalarni yaratdi. Ularning koʻpchiligi esdaliklar asosida yozilgan. Uning koʻpgiva asarlari boʻyicha ssenariylar yozilib, ekranlashtirilgan. Asarlari chet tillarga, shu jumladan, oʻzbek tiliga ham tarjima qilingan.

Aleksandr Koʻprin
Tavalludi 26 avgust (7-sentyabr) 1870
Vafoti 25-avgust 1938
Ijod qilgan tillari Rus tili
Fuqaroligi Rossiya Imperiyasi va SSSR

Manbalar

  1. // (unspecified title)
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aleksandr Koʻprin haqida, Aleksandr Koʻprin nima? Aleksandr Koʻprin nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan