Aleksandr Shcherbak
Aleksandr Mixaylovich Shcherbak (28-dekabr 1926, Stavropol oʻlkasi — 28-yanvar 2008 Sankt-Peterburg) — turkiyshunos olim.
Turkiya tilshunoslik jamiyati faxriy aʼzosi (1989), xalqaro finugor jamiyatining muxbir aʼzosi (1996), filologiya fanlari doktori (1969). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi. Stavropol pedagogika institutining filologiya fakultetini tugatgan (1948). 1951-yildan Rossiya Fanlar akademiyasi Lingvistik tadqiqotlar instituti Sankt-Peterburg boʻlimida katta (1961-yildan), yetakchi (1986-yildan), bosh (1991-yildan) ilmiy xodim. shahrining asosiy ilmiy ishlari turkiy tillar, xususan, oʻzbek tili tarixini oʻrganishga, turkiy tillarni qiyosiy tadqiq etishga va oltoyshunoslikka bagʻishlangan. "Qadimgi turkiy til lugʻati" ("Drevnetyurkskiy slovar", M., 1969)ning tuzuvchi va muharrirlaridan biri.
Manbalar
| ]- Grammaticheskiy ocherk yazika tyurkskix tekstov X—XII vv. iz Vostochnogo Turkestana, M.—L., 1961;
- Grammatika starouzbekskogo yaznka, M.—L., 1962;
- Vvedeniye v sravnitelnoye izucheniye tyurkskix yazikov, Sankt-Peterburg, 1994;
- Ranniye tyurksko-mongolskiye yaznkovie svyazi (8—14 vv.), Sankt-Peterburg, 1997;
- Tyurkskaya runika, Sankt-Peterburg, 2001.
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
- 1936-yilda tugʻilganlar
- 28-dekabrda tugʻilganlar
- 28-yanvarda vafot etganlar
- 2008-yilda vafot etganlar
- Alifbo boʻyicha olimlar
- Turkologlar
- Oʻzbekshunoslar
- Shaxsiyatlar haqidagi chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aleksandr Shcherbak haqida, Aleksandr Shcherbak nima? Aleksandr Shcherbak nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!