Aminjon Akobirov

Aminjon Soliyevich Akobirov (1930-yil 22-fevral, Buxoro) – aktyor va rejissyor, Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan sanʼat arbobi (1969). Buxoro teatrida aktyor (1945-1957), rejissyor (1957-1960), bosh rejissyor (1960-1964), direktor va rejissyor (1964-1973 va 1975-yildan), Samarqand opera va balet teatrida direktor (1973-1975). Aminjon Akobirov maʼnaviy-falsafiy ruhdagi obrazlarning mohir ijrochisi sifatida tanilgan: Qambarali („Oltin koʻl“), Sulaymon („Arshin mol olon“), Navoiy („Alisher Navoiy“), Kochkaryov („Uylanish“) va boshqa rejissyor sifatida „Ravshan va Zulxumor“ (K. Yashin), „Guli Siyoh“ (S. Jamol), „Tohir va Zuhra“ (S. Abdulla), „Mening Buxorom“ (K. Yashin), „Vatan ishqi“, (Z. Fatxullin, Sh. Saʼdulla) kabi asarlarni sahnalashtirdi.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil





vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Aminjon Akobirov haqida, Aminjon Akobirov nima? Aminjon Akobirov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan