Arab Muhammadxon

Arab Muhammadxon (XV-asrning 2-yarmi — 1623) — Xorazm (Xiva xonligi)da 1602-1623-yillarda hukmronlik qilgan Arabshohiylar oʻzbek sulolasining oʻn birinchi vakili (1602-1623).

Mansab davri
1603  – 1621
Oʻtmishdoshi Hoji Muhammadxon
Vorisi Habash sulton
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 1570 yoki XVI asrning 2-yarmi
Otasi Hoji Muhammadxon
Mansubligi
  • Shayboniylar
  • Arabshohiylar

Xorazm xoni Hoji Muhammadxon (Hojimxon) (1598-1602)ning kenja oʻgʻli. Otasi hayotligida Xiva hokimi boʻlgan. Otasi vafotidan soʻng 1602-yil xonlik taxtiga chiqqan. Abulgʻoziy Bahodirxonning yozishicha, uning davrida Xiva xonligiga Yoyiq kazaklari ataman Aborkin (1602) va ataman Nechay boshchiligida (1603) bostirib kirib yurtni va poytaxt Urganchni talon-toroj etganlar. 1604-yilda ataman Shamay 1000kishlik qóshin bilan xorazmga yurish qiladi biroq Aborkin va Nechay kabi mağlubiyatga uchraydi1620 va 1621-yilda qalmoqlar Xorazmga yurish qilib, kishilarni asirga olganlar. Uning davrida ichki nizolar avj olib, xonlikning maʼmuriy tuzilishiga salbiy taʼsir etgan. Chunonchi, har bir shahzodaning oʻz yerida shaxsiy idora apparati — oʻz aʼyonlari, xazinasi, yasovullari, bojxona xizmatchilari va boshqa boʻlgan. 1623-yilda oʻgʻillari Habash va Elbars sultonlar taxt talashib unga qarshi urush boshladilar. Bu urushda Arab Muhammadxon yengilib, Qum qalʼaga qamalgan va oʻsha yerda vafot qilgan. Arab Muhammadxon mamlakat obodonchiligiga katta eʼtibor bergan, chunonchi u Arab Muhammadxon madrasasini qurdirgan va Toʻq qalʼa yonida kanal qazdirgan.

Adabiyotlar

  • Yoʻldoshev M., Xiva xonligida feodal yer egaligi va davlat tuzilishi, T., 1959;
  • Gulyamov Ya. G., Pamyatniki goroda Xivi, T., 1941;
  • Xudoyberganov K., Xiva — 2500. Xiva xonlari shajarasi, Xiva, 1996.
  • Gulyamov Y. G., Istoriya orosheniya Xorezma s drevneyshikh vremen do nashikh dney. Tashkent. 1957
  • Istoriya Uzbekistana. T.3. T.,1993.
  • Istoriya Xorezma. Pod redaktsiyey I. M. Muminova. Tashkent, 1976
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



  1. Buchard, Benjamin; Sévigné, Luc; Darcha, Claude; Muti, Leon; Joubert, Juliette; Abergel, Armand (2021-04-21). „Letter: is the AHHS score really useful in clinically severe alcoholic hepatitis?“. Alimentary Pharmacology & Therapeutics. 53-jild, № 10. 1160–1161-bet. doi:10.1111/apt.16307. ISSN 0269-2813.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Arab Muhammadxon haqida, Arab Muhammadxon nima? Arab Muhammadxon nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan