Avliyo Chalabiy

Avliyo chalabiy (usmonli turkcha: اوليا چلبي‎; 1611–1682) — turkiyalik mashhur sayyoh va olim.

Avliyo Chalabiy
Avliyo Chalabiy Muhammad Zalli ibn Darvish
Tavalludi 25-mart 1611-yil
Vafoti 1682-yili
Fuqaroligi image Turkiya

Istanbulda zargar oilasida dunyoga kelgan. U arab, fors va yunon tillarini, tarix, geografiya va she’riyat ilmi (po-etika)ni chuqur egallagan. Avliyo Chalabiy birmuncha vaqt Istanbuldagi Ayo Soʻfiya masjidida hofizlik (qorilik) qilgan. Soʻngra sulton saroyiga xizmatga olinadi, lekin koʻp oʻtmay harbiy xizmatga joʻnatiladi. U bir necha bor Turk armiyasining Azovga (1641) va Vengriyaga (1656) qilgan yurishlarida qatnashgan.

Avliyo Chalabiy Kichik Osiyo, Kurdiston, Suriya, Falastin, Mesopotamiya, Misr va Habashistonning koʻp joylarini kezib chiqqan (1640); u Janubiy Rossiya (1665), Qrim va Kavkaz, xususan, Ozarbayjon (1644—48), Ukraina (1656—58), Bolqon yarim orol (1656, 1680) boʻylab sayohat qilgan.

Bu mamlakatlarning tarixi, iqtisodiy, siyosiy ahvoli va xalqining urf-odati haqidagi qimmatli ma’lumotlar olimning "Sayyohning tarixi" yoki Sayohatnoma asarida keltirilgan. Bu asar tarixiy-etnografik manba sifatida alohida ahamiyatga ega. Asarning qoʻlyozmalari Turkiya, Fransiya, Angliya va boshqa mamlakatlarning qoʻlyozma asarlar fondlarida saqlanmoqda. "Sayohatnoma" 1897—1938-yilllar orasida 10 jildda turk tilida nashr etilgan. Uning ayrim qismlari Gʻarbiy va Sharqiy Yevropa tillariga, Moldova va Ukrainaga oid qismlari rus tiliga tarjima qilinib, 1961, 1979, 1983-yillarda nashr etildi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Avliyo Chalabiy haqida, Avliyo Chalabiy nima? Avliyo Chalabiy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan