Bekturdi Jumaniyozov

Bekturdi Jumaniyozov (1939.20.1, Xiva tumani) – usta dehqon, Oʻzbekiston Qahramoni (2000). 1957-yildan Xiva tumanidagi „Oʻzbekiston“ jamoa xoʻjaligi aʼzosi, shu xoʻjalikda hisobchi (1963-68), 1968-yildan brigada boshligʻi va 1998-yildan „Oʻzbekiston“ shirkat xoʻjaligida bosh pudratchi. Jumaniyozov rahbarlik qilgan brigada uzoq yillar davomida paxtachilik, lavlagikorlik va donchilikda dehqonchilikni ilmiy asosda olib borib muttasil yuqori koʻrsatkichlarga erishdi. 1999-yilda paxtadan 34,8 s/ga, qand lavlagidan 315 s/ga, kuzgi bugʻdoydan 62 s/ga hosil olishga erishdi. Mehnat faoliyati davomida koʻp shogirdlar tarbiyaladi.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Bekturdi Jumaniyozov haqida, Bekturdi Jumaniyozov nima? Bekturdi Jumaniyozov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan