Bekzod Mamatkulov

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Bekzod va familiyasi Mamatkulov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Bekzod Akmalovich Mamatqulov
image
Tavalludi
Bekzod Akmalovich Mamatkulov

4-sentyabr 1981-yil (1981-09-04) (44 yosh)
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Taʼlimi Toshkent davlat yuridik universiteti
Kasbi Yurist, iqtisodchi, tadbirkor
Dini Islom
Mukofotlari image

Bekzod Akmalovich Mamatqulov (Бекзод Акмалович Маматқулов) – oʻzbekistonlik tadbirkor va jamoat arbobi. BMB Holding kompaniyasi asoschisi, kuzatuv kengashi raisi.

Biografiyasi

| ]

1981-yil 4-sentyabr kuni Jizzax viloyatida tugʻilgan. 2003-yilda Toshkent yuridik universitetini tugatgan. Davlat idoralarida rahbarlik lavozimlarda faoliyat yuritgan. 2016-yilda BMB Trade Group investitsion shirkatiga asos solgan. Keyinchalik shirkatning nomi BMB Holding deb oʻzgartirilgan.

2021-yilda oʻz shirkati homiyligida „BMB“ futzal klubini taʼsis etgan va 2024-yil 25-dekabrgacha klub prezidenti boʻlgan. Shu kuni prezidentlikni Aziz Mamatkulovga topshirgan.

2021-yilda futzal boʻyicha yoshlar oʻrtasida oʻtkazib kelinayotgan BMB kubogi musobaqasiga asos solgan.

2024-yil 25-dekabr kuni Oʻzbekiston futzal federatsiyasiga prezident etib saylandi.

Mukofotlari

| ]

2022-yil 19-avgustda „Faol tadbirkor“ koʻkrak nishoni bilan taqdirlangan.

2023-yil 18-avgustda Oʻzbekistonda tadbirkorlar kuni munosabati bilan, Prezident farmoniga muvofiq, Doʻstlik ordeni berilgan.

Manbalar

| ]
  1. image O‘z salohiyatiga ishongan BMB Trade Group kompaniyasi asoschisi Bekzod Mamatkulov bilan intervyu YouTubeda
  2. „BMB futzal klubi rahbariyatida o'zgarish ro'y berdi“. championat.asia.
  3. „BMB CUP turniriga marhamat!“. championat.asia.
  4. „O‘zbekiston futzal federasiyasiga yangi prezident tayinlandi“.
  5. „Тадбиркорлар куни муносабати билан соҳа вакилларидан бир гуруҳини мукофотлаш тўғрисида“.

Havolalar

| ]
  • Bekzod Mamatkulov Facebook sahifasi
  • Bekzod Mamatkulov Instagram sahifasi


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Bekzod Mamatkulov haqida, Bekzod Mamatkulov nima? Bekzod Mamatkulov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan