Berlin-Rim oʻqi
"Berlin-Rim oʻqi" – 1936 yil 25 oktabrda Berlinda imzolanib, Germaniya bilan Italiya oʻrtasida tuzilgan harbiy-siyosiy bitim. Bitimga muvofiq, Germaniya Efiopiyaning Italiya tomonidan bosib olinishini eʼtirof qildi. Har ikki tomon Ispaniyaning Franko hukumatini tan olganliklarini eʼtirof etishdi va unga harbiy yordam koʻrsatish boʻyicha chora-tadbirlar belgilashdi, Bolqon va Dunayboʻyi davlatlarni iqtisodiy jihatdan asoratga solish rejalarini tuzishdi. 1936-yil 25-noyabrda „Kominternga qarshi pakt“ga Germaniya bilan Yaponiyaning imzo qoʻyishi „Berlin-Rim oʻqi“ning davomi boʻldi.

Yana qarang
- Antanta
Adabiyotlar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Berlin-Rim oʻqi haqida, Berlin-Rim oʻqi nima? Berlin-Rim oʻqi nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!