Boshpana huquqi — xalqaro va davlat ichki huquqiga oid tushuncha. Xalqaro huquqda boshpana huquqi asosiy xalqaro-huquqiy odatlarga, shuningdek Birlashgan Millatlar Tashkilotining Bosh Assambleyam 1967-yil 4-dekabrda kabul qilgan Hududiy boshpana toʻgʻrisidagi deklaratsiyaga binoan amalga oshiriladi. Davlat ichki huquqida boshpana huquqi hozirgi demokratik davlatlarning konstitutsiya va qonunlariga koʻra, ajnabiy fuqarolar va fuqaroligi boʻlmagan shaxslarga beriladigan alohida shaxsiy huquq. Ajnabiy oʻz vatanida siyosiy, diniy, ilmiy va boshqa shunga oʻxshash asoslar boʻyicha taʼqibga uchragan taqdirda boshpana huquqi unga boshqa davlat hududida, nomaʼlum uzoq vaqt qolish imkoni tugʻilgan paytda beriladi. Boshpana huquqi harbiy jinoyatchilar va insoniyatga qarshi jinoyatlar sodir etgan aybdor shaxslarga nisbatan tatbiq etilmaydi. Siyosiy boshpana ajnabiyga oʻz-oʻzidan fuqarolik berilishini bildirmaydi. Davlat ushbu shaxsga boshpana berish bilan uni taʼqib etgan davlat qoʻliga topshirmaslik majburiyatini zimmasiga oladi.
Inson huquqlari deb hisoblangan mavzulardan baʼzilari bahsli masaladir; sanab oʻtilgan barcha mavzular ham inson huquqlari sifatida umumeʼtirof etilmagan.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan.
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
k
m
t
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Turkumlar::
Migratsiya qonunchiligi
Inson huquqlari
Xalqaro huquq
Yashirin turkum:
Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi maqolalari
Barcha chala maqolalar
Chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Boshpana huquqi haqida, Boshpana huquqi nima? Boshpana huquqi nimani anglatadi?
https://www.moon.uz-uz.nina.az/wiki-image/aHR0cHM6Ly91cGxvYWQud2lraW1lZGlhLm9yZy93aWtpcGVkaWEvY29tbW9ucy90aHVtYi8wLzAxL0VuY2lrbG9wZWRpYV9zdHViLnBuZy8xMjAwcHgtRW5jaWtsb3BlZGlhX3N0dWIucG5n.png6751200adminhttps://www.moon.uz-uz.nina.az/wp-content/uploads/sites/2025/splash-orange.pngnina.azhttps://www.moon.uz-uz.nina.az/author/nina.az.html2025-11-15T07:43:24+05:002025-11-15T07:43:24+05:00Boshpana huquqi
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!