Brunelleski Filippo

Brunelleski Filippo (Brunelleschi) Filippo (1377 — Florensiya — 1446.15.4) — italiyalik meʼmor, haykaltarosh, olim. Uygʻonish davri meʼmorligi va kelajak aks etgan meʼmoriy nazariya asoschilaridan. Ijodini haykaltaroshlikdan boshlagan. Qadimiy meʼmoriy anʼanalardan yangicha yondoshib foydalangan. 1420—1436-yillari SantaMariya del Fore sobori (diametri 42 m ga yaqin) gumbazini yaratgan. Brunelleski Filippo kurgan Tarbiya uyi (loyihasi — 1419) va SanLorenso cherkovining sakristiyi (ibodat kiyimlari va asbobanjomlari saqlanadigan bino), Ospedale deli Innochenti (1421—44)da Uygʻonish davri meʼmorlik sanʼatining badiiy anʼanalari oʻz ifodasini topgan. Brunelleski Filippo 1429—1430-yillarda SantaKroche cherkovi hovlisidagi Patssi kapellasini bunyod etdi, turli yillarda SanLorenso va SantoSpirito cherkovlarining interyerlarini qayta qurdi. Brunelleski Filippo asarlari obrazlarining garmonik yorqinligi, nisbatlarining qatʼiyligi, qurilish usullarining mukammalligi bilan ajralib turadi.
Manbalar
| ]-
„Brunelleski Filippo“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi. (B-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Adabiyotlar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Havolalar
| ]| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
- Nuqsonli RERO identifikatorlari boʻyicha Vikipediya maqolalari
- Meʼmorlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Brunelleski Filippo haqida, Brunelleski Filippo nima? Brunelleski Filippo nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!