Dehli universiteti

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Dehli universiteti
Fakultetlar 1,060
Doktorantura 3,700

Dehli universiteti (DU), rasmiy nomi Dehli universiteti Hindistonning Dehli shahrida joylashgan markaziy universitet hisoblanadi. 1922-yilda Markaziy Qonunchilik Assambleyasining akti bilan tashkil etilgan. Universitet shimoliy va janubiy kampuslari boʻylab taqsimlangan 16 fakultet va 86 boʻlimga va mintaqa boʻylab joylashgan kollejlarga egadir. Unda 91 ta taʼsis kolleji mavjud. Ushbu universitet dunyodagi eng yirik universitet tizimlaridan biri hisoblangan boʻlib, oʻz markaziy binosida va filiallarida umumiy hisobda 400 000 dan ortiq talaba tahsil olib kelmoqda. Hindiston vitse-prezidenti universitetning rektori lavozimini egallagan. Universitet Milliy Institutsional Ranking Framework 2023-yilning hisobida dunyo boʻyicha 11-oʻrinni egallagan.

Tarixi

| ]

Dehli universitetiga 1922-yilda Markaziy qonunchilik assambleyasining akti bilan asos solingan. Hari Singx Gour 1922-yildan 1926-yilgacha universitetning birinchi prorektori lavozimida ishlagan.

Kampus

| ]

Dehli shahri boʻylab tarqalgan Dehli universitetiga qarashli 91 ta kollej mavjud boʻlib, Shimoliy va Janubiy kampus universitetning ikkita asosiy kampusi sifatida xizmat qiladi. Yangi Dehlining markaziy qismida joylashgan Zokir Husain Dehli kolleji Dehli shahridagi eng qadimgi kollej hisoblanib, 327 yillik tarixga egadir.

Shimoliy kampus

| ]
image
Sanʼat fakulteti

Shimoliy kampusda Dehli universitetining uchta taʼsischi kolleji joylashgan boʻlib, uning tarkibida bugungi kunda oʻrganish uchun ochiq taʼlim maktabi, sanʼat fakulteti, huquq fakulteti va 16 ta kolleji, jumladan Kirori Mal kolleji, Lady Irvin kolleji, Daulat Ram kolleji, Hansraj kolleji, hind kolleji, ayollar uchun moʻljallangan Indraprastha kolleji, Mata Sundri kolleji, Lakshmibai kolleji, Miranda House, Shri Guru Tegh Bahadur Xalsa kolleji, Ramjas kolleji, Sent-Stiven kolleji, Svami Shardxanand kolleji, Shri Ram savdo kolleji, Satyawati kolleji, Shyam Lal kolleji. Kampusda bundan tashqari, Klaster Innovatsiya Markazi, Dehli Iqtisodiyot maktabi, Dehli Jurnalistika maktabi va Ambedkar Biotibbiyot Tadqiqotlar Markazi (ACBR) kabi aspirantura va tadqiqot markazlari ham joylashgan.

Janubiy kampus

| ]

Janubiy kampus asosiy Dehli universitetini kengaytirish maqsadida 1973-yilda ochilgan. U 1984-yilda Dhaula Kuan yaqinidagi Benito Xuarez Margdagi bugungi kunda joylashgan joyiga koʻchib oʻtgan va bino umumiy hisobda 69 akr joyni egallaydi. Uning tarkibiga Aryabhatta kolleji, Ayurveda va Unani Tibbiya kolleji, Gargi kolleji, Atma Ram Sanatan Dharma kolleji, PGDAV kolleji, Iso va Meri kolleji, Ramanujan kolleji, Maytreyi kolleji, Motilal Neru kolleji, Motilal Neru kolleji, shuningdek, Anand Ram kolleji kiradi. Shri Venkateswara kolleji, Lady Shri Ram kolleji, Deen Dayal Upadhyaya kolleji, Dehli sanʼat va tijorat kolleji, Uy iqtisodiyoti instituti, kasb-hunar kolleji, Shri Aurobindo kolleji, Kamala Neru kolleji, Dyal Singx kolleji, Shahid Bhagat Kollej va Rajkumari Amrit Kaur hamshiralik kollejidan iboratdir.

Fakultetlari

| ]

Dehli universitetining 86 ta akademik kafedra hamda 16 ta fakultetdan iborat.

Manbalar

| ]
  1. „About Us“. Du.ac.in (2011-yil 26-fevral). 2012-yil 16-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2012-yil 18-may.
  2. „Ministry of Human Resources and Development, Government of India“. Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.
  3. „List of Colleges - University of Delhi“. careers360.com. Qaraldi: 2021-yil 24-dekabr.
  4. „Delhi University College Profile: Cluster Innovation Centre“ (2015-yil 11-iyun). Qaraldi: 2020-yil 8-yanvar.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Dehli universiteti haqida, Dehli universiteti nima? Dehli universiteti nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan