Dilbar Ikromova

Vikipediyada ismi Dilbar va familiyasi Ikromova boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Ikromova Dilbar Ilhom qizi (17-iyul 1947-yil, Bekobod – 25-avgust 2020-yil, Toshkent) – Oʻzbekiston xalq artisti (2001). Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutini tugatgan (1970). 1970-yildan Hamza teatrida (hozirgi Oʻzbek milliy teatri) ishlaydi. „Oy tutilgan tunda“ (M. Karim) spektaklidagi Zubarjat sahnada yaratgan ilk obrazidir. Ozoda („Imon“), Dilorom („Oltin devor“), Feokla Ivanovna („Uylanish“), Roller („Qaroqchilar“), Momo („Chimildiq“) kabi rollari bilan shuxrat qozondi. Uning ijrosi hayotiy haqiqat va samimiyat namunasi boʻlib, dialoglarni juda ishonarli olib borish, rolning eng mayda koʻrinishlariga ham noziklik bilan yondashish, mimik harakatlardan ustalik bilan foydalanish aktrisa ijodiga xos. Filmlarda ham suratga tushgan: Sotti („Kelinlar qoʻzgʻoloni“), telba ayol („Qaldirgʻoch“), Ona („Yolgiz yodgorim“), Ona („Chayongul“), qoʻshni xotin („Sharif va Maʼrif“), Momo („Chimildiq“) va boshqalar.

Dilbar Ikromova
Tavalludi 17-iyul 1947-yil
Toshkent
Vafoti 25-avgust 2020-yil(2020-08-25)
(73 yoshda)
Toshkent
Fuqaroligi image Oʻzbekiston
Kasbi Aktyor
Faoliyat yillari 1970-2020

Vafoti

Dilbar Ikromova 2020-yil 25-avgust sanasida 73 yoshida koronaviris kasalligi natijasida vafot etgan va Toshkent shahridagi Yalongʻoch-2 qabristoniga dafn qilingan.

Unvon va mukofotlari

  • Fidokorona xizmatlari uchun ordeni (2021-yil);

Manbalar

  1. OʻZBYeKISTON RYeSPUBLIKASI MUSTAQILLIGINING OʻN YILLIGI MUNOSABATI BILAN FAN, SOGʻLIQNI SAQLASh, MADANIYaT, MAЪRIFAT, OMMAVIY AXBOROT VOSITALARI VA IJTIMOIY SOHALAR XODIMLARIDAN BIR GURUHINI MUKOFOTLASh TOʻGʻRISIDA
  2. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
  3. „Скончалась народная артистка Узбекистана, известная актриса Дильбар Икрамова“ (ru). podrobna.uz (2020-yil 25-avgust). 2023-yil 15-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 23-sentyabr.
  4. „O‘zbek adabiyoti va san'atining marhum fidoyilari mukofotlandi“. kun.uz. Qaraldi: 6-avgust 2024-yil.


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Dilbar Ikromova haqida, Dilbar Ikromova nima? Dilbar Ikromova nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan