Ergash Yoʻldoshev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Ergash va familiyasi Yoʻldoshev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.

Ergash Yoʻldoshev (1924.1.5, Chust tumani — 1991.8.1, Toshkent) — xonanda (dramatik tenor), Oʻzbekiston xalq artisti (1974). Toshkent konservatoriyasini tugatgan (1958). Oʻzbek anʼanaviy ijrochilik uslublarini M. Uzoqovdan oʻrgangan. Ijodiy faoliyatini Chust tumani kolxoz — sovxoz teatrida boshlagan (1939—41). Yangiyoʻl teatri (1942-45), Toshsovet teatri (1945—47) artisti, Oʻzbek davlat filarmoniyasi (1948—58), Navoiy nomidagi opera va balet teatri (1958—82)da yakkaxon xonanda. Toshkent teatr va rassomlik sanʼati institutida dars bergan (1982—88). Ijrochilik sanʼatida opera vokal texnikasi, oʻzbek anʼanaviy xonandalik uslublari uzviy bogʻlanib ketgan. Na-fasi keng, baland pardalarni ravon va mohirona egallagan. Musiqali dramalarda Qodir, Norboʻta (S. Abdulla; T. Jalilov, „Tohir va Zuhra“, „Oftobxon“), Gʻirdak (H. Olimjon; Yu. Rajabiy, „Muqanna“) va b. obrazlarni yaratgan; operalarda Omon (T. Sodiqov, Yu. Rajabiy, D. Zokirov, B. Zeydman, „Zaynab va Omon“), Choʻpon (S. Yudakov, „Maysaraning ishi“), Niyoz (M. Yusupov, „Xorazm qoʻshigʻi“), Moniy (M. Ashrafiy, „Dilorom“), Qodir (T. Sodiqov, R. Glier, „Gulsara“) kabi bosh partiyalarni ijro etgan. Repertuaridan maqom yoʻllari („Dugoh“, „Bayot“ va boshqa), katta ashula, xalq („Tanavor“, „Zor etding“) va oʻzbek bastakorlarining („Ey, sarvi ravon“, „Dutorim“, „Oʻynab oʻting, shabbodalar“, „Oʻzbekistondan“ va boshqa) ashula, yalla va qoʻshiqlari oʻrin olgan.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ergash Yoʻldoshev haqida, Ergash Yoʻldoshev nima? Ergash Yoʻldoshev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan