Fargʻona okrugi

Fargʻona okrugi — Oʻzbekiston SSR tarkibida 1926—1930-yillarda mavjud boʻlgan maʼmuriy-hududiy birlik.

Andijon okrugi

image

okrug
Tegishli Oʻzbekiston SSR
Maʼmuriy markazi Qoʻqon
Asos solingan sanasi 1926-yil
Bekor qilingan sanasi 1930-yil 30-iyul
Aholi 674,1 ming kishi (1926)
Maydoni 11 ming km²
Xaritada

Tarixi

Fargʻona okrugi 1926-yilda tashkil topgan. Markazi Qoʻqon shahri.

1929-yilga kelib okrug tarkibida 11 ta tuman boʻlgan: Oltiariq, Bagʻdod, Beshariq, Buvayda, Qoʻqon, Quva, Qudash, Margʻilon, Rishton, Fargʻona, Chust.

1930-yil 30-iyulda SSSRning aksariyat okruglari singari Farg‘ona okrugi ham tugatildi. Uning tumanlari bevosita Oʻzbekiston SSR boʻysunuviga oʻtkazildi.

Aholisi

1926-yilda okrug aholisi 674,1 ming kishi boʻlgan. Jumladan, o‘zbeklar 80,5%, tojiklar 9,4%, ruslar 3,9%, qirgʻizlar 1,9% tashkil qilgan.

Manbalar

  1. Аdministrativnoye deleniye Soyuza SSR (rus tilida), Moskva, 1929. 
  2. „Vsesoyuznaya perepis naseleniya 1926 goda. Natsionalniy sostav naseleniya po regionam respublik SSSR“ (rus tilida).

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Fargʻona okrugi haqida, Fargʻona okrugi nima? Fargʻona okrugi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan