Fotih Teshaboyev

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Vikipediyada ismi Fotih va familiyasi Teshaboyev boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Fattoh Gʻulomovich Teshaboyev
Фаттах Гулямович Тешабаев
image
image
 O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchisi
Mansab davri
1997-yil maydan – 2000-yil dekabrgacha
image
 O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi elchisi
Mansab davri
1993-yil noyabrdan – 1997-yil maygacha
image
 O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari
Mansab davri
1991-yil oktabrdan – 1997-yil maygacha
image
 O‘zbekiston SSR Prezidenti Devonining davlatlararo aloqalar bo‘limi mudiri
Mansab davri
1991-yil iyundan – 1991-yil oktabrgacha
Shaxsiy maʼlumotlari
Tavalludi 18-oktyabr 1939-yil (1939-10-18) (86 yosh)
Toshkent, OʻzSSR
Fuqaroligi image Oʻzbekiston

Fattoh Gʻulomovich Teshaboyev ( 1939-yil 18-oktabr, Toshkent, OʻzSSR, Sovet Sotsialistik Respublikalari Ittifoqi — 2005, Toshkent, Oʻzbekiston ) — sovet va oʻzbek davlat arbobi, Oʻzbekiston Respublikasi tashqi ishlar vazirining birinchi oʻrinbosari (1991—1997).

Biografiyasi

| ]

F.Teshaboyev 1939-yil 18-oktabrda Toshkent shahrida dunyoga keladi.   

U mehnat faoliyatini 1962-yilda boshlaydi: dastavval Toshkent Davlat universitetining hind filologiyasi kafedrasi o‘qituvchisi, so‘ngra O‘zbekiston SSR Fanlar akademiyasi Falsafa va huquq institutida katta ilmiy xodimi.

Fattoh Teshaboyev 1969—1984-yillarda SSSRning Hindistondagi elchixonasida mehnat faoliyatini amalga oshiradi. U katta iqtisodchidan Bombeydagi (Hindiston) SSSR do‘stlik jamiyatlari ittifoqining konsul va madaniy markazi direktori lavozimlari yo‘lini bosib o‘tadi.

U 1984-yildan O‘zSSR Kompartiyasi Markaziy Qo‘mitasi instruktori lavozimida ishlaydi.  

Teshaboyev 1985—1989-yillarda – O‘zbekistonning xorijiy davlatlar bilan do‘stlik va madaniy aloqalar jamiyati prezidiumi raisi etib saylanadi. Shuningdek, u 1989-yil oktabrdan O‘zbekiston SSR Prezidenti Devonining davlatlararo aloqalar bo‘limi mudiri lavozimida ham faoliyat yuritadi.  


Fattoh Teshaboyev 1991-yil oktabrda O‘zbekiston Respublikasi Tashqi ishlar vazirining birinchi o‘rinbosari etib tayinlanadi va 1993-yil noyabr oyida O‘zbekiston Respublikasining AQSHdagi Favqulodda va Muxtor elchisi, O‘zbekiston Respublikasining BMTdagi doimiy vakili etib tayinlanadi.

U 1997-yil may oyida O‘zbekiston Respublikasining Buyuk Britaniyadagi elchisi etib tayinlanadi.  

Teshaboyev 2000—2004-yillarda BMT doimiy vakil maslahatchisi va BMT Taraqqiyot dasturining O‘zbekiston Respublikasidagi doimiy koordinatori lavozimlarida faoliyat olib boradi.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Fotih Teshaboyev haqida, Fotih Teshaboyev nima? Fotih Teshaboyev nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan