Franklin instituti
Franklin instituti (inglizcha: Franklin Institute) Pensilvaniya shtatining Filadelfiya shahridagi ilmiy muzey, ilmiy taʼlim va tadqiqot markazidir. U Benjamin Franklin nomi bilan atalgan va unda Benjamin Franklinning Milliy memoriali[en] joylashgan.
Tarixi
| ]Institut Filadelfiyada 1824-yil 5-fevralda Semyuel Merrik[en] va Uilyam Kiting[en] tomonidan mexanik sanʼatlarni (lat. artes mechanicae) tadqiq qilish va rivojlantirish maqsadida tashkil etilgan.
Franklin instituti XIX-asr davomida bugʻ dvigatellari va gidroenergetika boʻyicha dastlabki tadqiqotlardan boshlab, Amerika fan va texnologiyasini professionallashtirishda muhim bosqich boʻldi. Shuningdek, u maktablarni boshqarish, Franklin institutining nufuzli jurnalini nashr etish, koʻrgazmalarga homiylik qilish hamda ilmiy yutuqlar va ixtirolarni medallar va mukofotlar bilan taqdirlash orqali tadqiqot va taʼlimni targib qildi.
XX-asrda institutning ilmiy-tadqiqot roli oʻz oʻrnini muzey orqali keng jamoatchilikni tarbiyalashga boʻshatib berdi. 1924-yilda fizika fanlari boʻyicha tadqiqotlar olib borish uchun tashkil etilgan The Bartol Research Foundation fondi esa hozir Delaver universiteti tarkibiga kiradi va Bartol tadqiqot instituti deb ataladi.
1884-yil 2-sentabrdan 11-oktabrgacha Franklin institutida 1984-yildagi Xalqaro elektr koʻrgazmasi[en] boʻlib oʻtdi bu Qoʻshma Shtatlardagi birinchi yirik elektr koʻrgazmasi boʻldi. Bu yerda 1934-yil 25-avgustda elektron televideniye tizimining dunyodagi birinchi ommaviy namoyishi boʻlib oʻtdi. Franklin institutining birinchi ayol aʼzosi 1833-yilda Elizabet Skinner boʻldi.
Franklin instituti ilmiy markazining eng taniqli qismi bu Franklin instituti ilmiy muzeyi boʻlib, unda aka-uka Raytlar ustaxonasidan olingan eng katta artefaktlar toʻplami saqlanadi.
Manbalar
| ]- Morris, Stephanie A. «The Dynamics of Change: The Franklin Institute and the Making of Industrial America.» The Franklin Institute and the Making of Industrial America. Guide to the Microfiche Collection (Wayback Machine saytida 2016-03-04 sanasida arxivlangan) . Bethesda, MD: CIS Academic Editions, 1987, pp. 1-12.
- Rowland-Perry, Sherry L. «The Bartol Research Institute: A Brief History.» Retrieved Jan 30, 2015.
Havolalar
| ]- Официальный сайт
- The Franklin Institute
- Ilmiy-tadqiqot instituti
- AQSh tashkilotlari
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Franklin instituti haqida, Franklin instituti nima? Franklin instituti nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!