Gʻazalkent gidrouzeli
Gʻazalkent gidrouzeli — Chirchiq daryosidagi gidrotexnika inshooti. 1940-yilda qurilgan. Toʻgʻonning umumiy uzunligi 544 m. Toʻgʻon ostonasi daryo oʻzanidan 1,5 m yuqorida qurilgan. Toʻgʻon 115° burchak ostida qurilgan toʻsiqli va tuproqli qismlan iborat. Toʻsiqli qismining uzunligi 94 m; har birining eni 14 m dan boʻlgan 5 darvozadan iborat. Toʻgʻon darvozalari toʻliq ochilganda sekundiga 2300 m³suv oʻtadi. Uning oʻng qismida Tovoqsoy GES kanaliga suv chiqargich — rostlagich qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi 260 m’/sek. Kanalga ketadigan suvdagi oqiziqlarni ushlab qolish uchun uning bosh qismiga 125,8 × 130 m oʻlchamli 6 kamerali tindirgich qurilgan. Toʻgʻon ostonasi 2 pogʻonali boʻlib, yuqorigi pogʻona ochilsa, tindirgichga quyiladi, pastki pogʻona ochilsa, tindirgichga yigʻilib qolgan oqiziq choʻkin-dilar oʻlchami 1,7 × 3,5 m li 6 ta maxsus tuynuk orqali uzunligi 300 m, eni 10 m, qiyaligi 0,005 m boʻlgan kanalga chiqarib tashlanadi. Suvning tezligi 7- 9 m/sek. boʻlganda tuynuklar sekundiga 280 m³ suv oʻtkazadi. Toʻgʻonda daryoda suzib keladigan muz parchalarini oʻtka-zib yuborish uchun balandligi 7 m li darvoza bor. Tuproqli toʻgʻon toʻsiqli toʻgʻonning davomi boʻlib, uzunligi 450 m. Toʻgʻonning chap qismida yangi kanalga suv chiqaruvchi rostlagich qurilgan. Rostlagichning maksimal suv sarfi sekundiga 2,5 m³. Daryoning chap qirgʻogʻiga damba va toʻsiqlar qurilgan (qarang Gʻazalkent GES).
Manbalar
-
„Gʻazalkent gidrouzeli“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (Gʻ-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Oʻzbekiston haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Gʻazalkent gidrouzeli haqida, Gʻazalkent gidrouzeli nima? Gʻazalkent gidrouzeli nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!