Gilli minerallar

Gilli minerallar - gillarning asosiy tarkibiy qismi boʻlgan va ularning fizik-kimyoviy, mexanik va b. xususiyatlarini belgilovchi suvli silikatlar guruhi. Yer yuzasidagi alyuminiy va magmatik hamda metaformik togʻ jinslari silikatlarining nurash mahsuli. Nurash natijasida nurash va sedimentatsiya muhiti fizik-kimyoviy sharoitlarining oʻzgarishiga bogʻliq holda gilli minerallar ichki tuzilishi va kimyoviy tarkibining bosqichmabosqich oʻzgarishi sodir boʻladi. G. m. zarralarining oʻlchami 0,01 mm dan oshmaydi. Kristall strukturasiga koʻra gilli minerallar qatlamli va soxta qatlamli silikatlarga kiradi. G. m. strukturasidagi kristallkimyoviy farqlar ularning kimyoviy tarkibidagi farqlariga muvofiq keladi. Shu xususiyatlariga koʻra G. m. birbiridan keskin farqlanadi. Masalan, montmorillonitli minerallar juda yuqori oʻzaro modda almashinuv va adsorbsion xossalariga ega, kaolinitli minerallarda esa bu xususiyatlar kamroq namoyon boʻlgan. Gidro-slyudalar guruhiga mansub G. m. qizdirilganda hajmi juda kattalashadi. G. m.ni aniqlashda infraqizil spektroskopiyadan, kimyoviy rentgen, elektron-mikroskopik, termik metodlardan foydalaniladi.

Adabiyotlar

  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Gilli minerallar haqida, Gilli minerallar nima? Gilli minerallar nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan