Goldsiyer Ignats

Vikipediya, erkin ensiklopediya

GOLDSIYER (Goldziher) Ignats (1850.22.6, Sekeshfexervar — 1921.13.11, Budapesht) — venger arabshunosi va islomshunosi. Vengriya FA muxbir aʼzosi (1876), Budapesht universiteti prof. (1894). Ilmiy ishlari islom tarixi, arab filologiyasi, qad. yahudiy mifologiyasiga oid. Islom manbalarini chuqur taxlil qilgan. Islomni ijtimoiy-iqtisodiy munosabatlar bilan bogʻlanmagan diniy gʻoyalar evolyutsiyasining mahsuli deb hisobladi. Islom madaniyatiga musulmon Sharqining barcha xalklari oʻz hissalarini qoʻshganligini ochib berdi. G. islomshunoslikda tanqidiy maktab asoschisi. Asosiy asarlari: "Islom", "Islom toʻgʻrisida maʼruzalar", "Islomda avliyolarga sigʻinish" va b.

Adabiyotlar

| ]
  • OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Goldsiyer Ignats haqida, Goldsiyer Ignats nima? Goldsiyer Ignats nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan