Govkushon majmuasi — Buxorodagi meʼmoriy yodgorlik (16-asr) Joʻybor xojalari qurdirgan Madrasa, masjid, minora, hovuz va saroydan iborat majmua (Govkushon — qassoblar bozori). Madrasa va masjidning oʻrtasidan Shoxrud arigʻi oʻtgan. 1930-y.larda hovuz koʻmib tashlangan. Madrasaning sharqiy tarafi ikki qavatli, yon va orqa tomonida bir qavatli hujralar va mezana bor. Peshtogʻi gʻarbda. Ravoq ustidagi qanosi oʻsimliksimon sirkori naqshlar, kitoba qismi esa suls xati bilan bezalgan. Kiraverishda, oʻngda xonaqohmasjid (darsxona) bor. Oʻrtadagi hovli (25x35 m)ning toʻrt tomoni hujralar bilan oʻralgan. Xoʻja masjidi kirish peshtogʻi, hovli atrofi gʻishtin ravoqli ayvonlar, xonaqoh va minoradan tashkil topgan. Minora (bal. 19,5 m)ga masjid tomidagi ravoqli koʻprik orqali chiqilgan. Minora turli shakldagi gʻishtlardan terilgan. Naqshlar yuqoriga tomon noziklasha borib, fonusning ravoqli darchalari bilan birga minoraga nafislik bagʻishlaydi.
UNESCOning Butun jahon yodgorliklari, № 602 obyekti rus. • ing. • fr.
Abdulazizxon madrasasi • Volidayi Abdulazizxon madrasasi • Gʻoziyon madrasasi • Koʻkaldosh madrasasi • Domullo Tursunjon madrasasi • Ulugʻbek madrasasi • Nodir devonbegi madrasasi • Qoʻshmadrasa (Modarixon madrasasi, Abdullaxon madrasasi) • Jubbori Kalon madrasasi • Chor minor
Masjidlar
Baland masjid • Magʻoki koʻrpa masjidi • Boloi Hovuz masjidi • Magʻoki Attori masjidi • Buxoro namozgohi • Fayzobod xonaqohi • Nodir devonbegi xonaqohi
Boshqa diqqatga sazovor joylar
Buxoro zindoni • Buxoro davlat meʼmoriy-badiiy muzey qoʻriqxonasi • Sitorai mohi xosa • Timlar: Toqi sarrofon • Toqi zargaron • Toqi telpakfurushon • Abdullaxon timi
Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin.
k
m
t
Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak.
Turkumlar::
Alfavit boʻyicha butun jahon yodgorliklari
Oʻzbekiston meʼmoriy yodgorliklari
Buxorodagi masjidlar
Yashirin turkum:
Barcha chala maqolalar
Chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Govkushon majmuasi haqida, Govkushon majmuasi nima? Govkushon majmuasi nimani anglatadi?
https://www.moon.uz-uz.nina.az/wiki-image/aHR0cHM6Ly91cGxvYWQud2lraW1lZGlhLm9yZy93aWtpcGVkaWEvY29tbW9ucy90aHVtYi85LzkxL0J1a2hhcmFfS2hvamFfS2Fsb25fbW9zcXVlLmpwZy8xMjAwcHgtQnVraGFyYV9LaG9qYV9LYWxvbl9tb3NxdWUuanBn.jpg6751200adminhttps://www.moon.uz-uz.nina.az/wp-content/uploads/sites/2025/splash-orange.pngnina.azhttps://www.moon.uz-uz.nina.az/author/nina.az.html2025-10-30T07:07:05+05:002025-10-30T07:07:05+05:00Govkushon majmuasi
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!