Haydarobod sultonligi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Haydarobod sultonligi - Hindistondagi sultonlik (1724—1950). Unga telugu, maratha, kannara va boshqa xalqlar yashaydigan hududlar kirgan. Boburiylar davlati tanazzulga uchrab, mayda sultonlik, knyazlik va boshqalarga boʻlinib ketgach, vujudga kelgan. 1724-yil Boburiylarning Bijopur va Gol-kondadagi nizomulmulk unvoniga ega boʻlgan noibi Asaf Jah oʻzini mustaqil hukmdor deb eʼlon etgan va Haydarobod sultonligiga asos solgan. Sultonlikning keyingi hukmdorlari ham nizomulmulk deb atatgan. Angliyaning Ost-Indiya kom-paniyasi 1798-yil Haydarobod sultonligini teng huquqli boʻlmagan shartnoma tuzishga majbur etgan. Natijada sultonlik oʻzini himoya qilish, mustaqil diplomatik aloqalar olib borish huquqidan mahrum boʻlgan. Sultonlikka ingliz rezidenti tayinlangan. 1947-yil Hindistonda mus-taqillik eʼlon qilingach, nizomul-mulk Haydarobod sultonligining Hindiston ittifoqiga qoʻshilishiga qarshilik koʻrsatgan, ammo sultonlik aholisining tazyiqi ostida (Telingana qoʻzgʻoloni) itti-foqqa qoʻshilish toʻgʻrisidagi shartno-maga imzo chekkan. 1950-yilda Haydarobod sultonligi shtatga aylantirilgan. Nizomulmulk hokimiyati cheklangan; ammo u rajpramukh (ij-roiya hokimiyat boshligʻi) sifatida shtatni boshqargan. 1956-yilgi maʼmuriy islohotdan soʻng Haydarobod shtati tugatilib, uning hududi Andhra-Pra-desh, Maysur va Bombey (1960-yildan Gujarot va Maharashtra shtatlariga boʻlingan) shtatlariga qoʻshilgan. Ni-zomulmulk qoʻlida faqat unga tegishli koʻchmas mol-mulk, xazina qolgan; unga nafaqa tayinlangan.





vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Haydarobod sultonligi haqida, Haydarobod sultonligi nima? Haydarobod sultonligi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan