Helsinki kelishuvlari

Vikipediya, erkin ensiklopediya
image
Imzolangan sanasi 30-iyul – 1-avgust 2015
Imzolangan joyi image Finlandiya, Helsinki, Finlandia Hall
Tomonlar image Helmut Schmidt
image Erich Honecker
image Gerald Ford
image Bruno Kreisky
image Leo Tindemans
image Todor Zhivkov
image Pierre Trudeau
image Makarios III
image Anker Jørgensen
image Carlos Arias Navarro
image Urho Kekkonen
image Valéry Giscard d’Estaing
image Harold Wilson
image Konstantinos Karamanlis
image János Kádár
image Liam Cosgrave
image Geir Hallgrímsson
image Aldo Moro
image Walter Kieber
image Gaston Thorn
image Dom Mintoff
image André Saint-Mleux
image Trygve Bratteli
image Joop den Uyl
image Edward Gierek
image Francisco da Costa Gomes
image Nicolae Ceaușescu
image Gian Luigi Berti
image Agostino Casaroli
image Olof Palme
image Pierre Graber
image Gustáv Husák
image Süleyman Demirel
image Leonid Brejnev
image Josip Broz Tito
image
Germaniya Federativ Respublikasi (Gʻarbiy Germaniya) kansleri Gelmut Shmidt, Germaniya Demokratik Respublikasi (Sharqiy Germaniya) Davlat kengashi raisi Erich Xonekker, AQSH prezidenti Gerald Ford va Avstriya kansleri Bruno Kreisky.
image
Chapdan oʻngacga Henry Kissinger, Brejnev, Ford va Gromiko AQSh elchixonasi tashqarisida, Helsinki, Finlandiya, 1975)

Helsinki kelishuvlari, yoki Helsinki Yakuniy akti va Helsinki deklaratsiyasi deb ham ataladigan hujjat 1975-yil 30-iyuldan 1-avgustgacha Finlandiyaning Helsinki shahrida boʻlib oʻtgan Yevropada xavfsizlik va hamkorlik boʻyicha konferensiyaning uchinchi bosqichining yakuniy yigʻilishida imzolangan hujjatdir. Helsinki jarayoni deb nomlanuvchi ikki yillik muzokaralardan soʻng boʻlgan voqeadir. Oʻsha paytda mavjud boʻlgan barcha Yevropa mamlakatlari (Xitoyparast Albaniya va yarim suveren Andorra hisoblamaganda), shuningdek, AQSh va Kanada, yaʼni jami 35ta ishtirokchi davlatlar, toʻgʻrirogʻi etganda Sharq va Gʻarb oʻrtasidagi Sovuq urushni pasayishni yaxshilash maqsadida Yakuniy hujjatni imzolaydilar. Biroq, Helsinki kelishuvlari majburiy emas edi, chunki ular parlamentlar tomonidan ratifikatsiya qilinishi kerak boʻlgan shartnoma maqomiga ega emas edi. Baʼzan „Helsinki pakti(lar)i“ atamasi norasmiy ravishda ham qoʻllangan.

Hujjat

| ]

Yevropa xavfsizlik va hamkorlik komissiyasi terminologiyasida toʻrtta guruh yoki savat mavjud edi. Birinchi savatda „Ishtirokchi davlatlar oʻrtasidagi munosabatlarni boshqaradigan tamoyillar toʻgʻrisidagi deklaratsiya“ (shuningdek, „Dekalog“ deb ham atalgan) quyidagi 10 banddan iborat edi:

I. Suveren tenglik, suverenitetga xos boʻlgan huquqlarni hurmat qilish

II. Doʻq-poʻpisa qilish yoki kuch ishlatishdan voz kechish

III. Chegaralarning daxlsizligi

IV. Davlatlarning hududiy yaxlitligi

V. Nizolarni tinch yoʻl bilan hal qilish

VI. Ichki ishlarga aralashmaslik

VII. Inson huquqlari va asosiy erkinliklarini, shu jumladan fikr, vijdon, din yoki eʼtiqod erkinligini hurmat qilish

VIII. Teng huquqlar va xalqlarning oʻz taqdirini oʻzi belgilashligi

IX. Davlatlar oʻrtasidagi hamkorlik

X. Xalqaro huquq boʻyicha majburiyatlarni vijdonan bajarish

Ikkinchi savat iqtisodiy, ilmiy va texnologik hamkorlikni vaʼda qildi; ishbilarmonlik aloqalari va sanoat kooperatsiyasini rivojlantirish; transport tarmoqlarini bir-biriga ulash; va axborot oqimini oshirish. Uchinchi savatga oilaviy birlashish, nikoh va sayohat kabi insoniy kontekstni yaxshilash boʻyicha majburiyatlar kiritilgan. Shuningdek, jurnalistlar sharoitini yaxshilash va madaniy aloqalarni kengaytirishga intildi. Toʻrtinchi savat ijroni nazorat qilish va kelajakdagi uchrashuvlarni rejalashtirish tartib-qoidalari bilan bogʻliq boʻldi.

Kelishgan tomonlar

| ]
  • image Avstriya
  • image Belgiya
  • image Bolgariya
  • image Kanada
  • image Kipr
  • image Czexoslovakiya
  • image Daniya
  • image Sharqiy Germaniya
  • image Finlandiya
  • image Fransiya
  • image Yunoniston
  • image Vatikan shahri
  • image Mojariston
  • image Islandiya
  • image Irlandiya
  • image Italiya
  • image Lixtenshteyn
  • image Lyuksemburg
  • image Malta
  • image Monako
  • image Niderlandlar
  • image Norvegiya
  • image Polsha
  • image Portugaliya
  • image Ruminiya
  • image San Marino
  • image SSSR
  • image Ispaniya
  • image Shvetsiya
  • image  Shveysariya
  • image Turkiya
  • image Birlashgan Qirollik
  • image AQSh
  • image Gʻarbiy Germaniya
  • image Yugoslavia

Manbalar

| ]
  1. „The Helsinki Process: An Overview“ (PDF). The Helsinki Process Four Decade Overview. 2021-08-26da asl nusxadan (PDF) arxivlandi. Qaraldi: 2022-05-24. {{cite magazine}}: Text "date - 2019-yil" ignored (yordam)
  2. Encyclopædia Britannica. Helsinki Accords. Manbada mavjud: http://www.britannica.com/EBchecked/topic/260615/Helsinki-Accords
  3. „Helsinki pact: A three-way battle in Madrid“. Christian Science Monitor. 9-sentabr 1980-yil.{{cite magazine}}: CS1 maint: date format ()
  4. Timothy J. Lynch, ed., The Oxford Encyclopedia of American Military and Diplomatic History (2013) 1: 460-62.

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Helsinki kelishuvlari haqida, Helsinki kelishuvlari nima? Helsinki kelishuvlari nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan