Hidetoshi Nakata

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Hidetoshi Nakata
image
Shaxsiy maʼlumot
Toʻliq ismi Hidetoshi Nakata
Tavallud sanasi 22-yanvar 1977-yil (1977-01-22) (48 yosh)
Tavallud joyi Yamanashi, Yaponiya
Boʻyi 1.75 m
Ampluasi Yarimhimoyachi
Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar
1992—1994 Nirasaki o‘rta maktabi
Professional faoliyati*
Yillar Jamoa Isht. (Gol.)
1995—1998 Bellmare Hiratsuka 85 (16)
1998—2000 Perugia 48 (12)
2000—2001 Roma 30 (5)
2001—2004 Parma 67 (5)
2004   Bologna 17 (2)
2004—2006 Fiorentina 20 (0)
2005—2006   Bolton Wanderers 21 (1)
Total 288 (41)
Milliy terma jamoa
1991—1993 Yaponiya U-17 6 (2)
1994—1995 Yaponiya U-20 12 (6)
1995—2000 Yaponiya U-23 12 (3)
1997—2006 Yaponiya 77 (11)
*Professional klublardagi gollari (ichki chempionat)

Hidetoshi Nakata (yaponcha: 中田 英寿; 1977-yil 22-yanvarda tugʻilgan) - yarim himoyachi sifatida oʻynagan yaponiyalik sobiq professional futbolchi. 1990-yillarning oxiri va 2000-yillarning boshlarida Osiyo Futbol Konfederatsiyasi (OFK) mamlakatlaridan yetishib chiqqan eng isteʼdodli futbolchilardan biri hisoblangan Nakata, „Oltin toʻp“ mukofotiga nomzod boʻlgan birinchi OFK oʻyinchisi sifatida tarixga kirgan.

Nakata 1995-yilda professional faoliyatini boshlab, 1997 va 1998-yillarda Osiyo Futbol Konfederatsiyasining „Yilning eng yaxshi futbolchisi“ mukofotini qoʻlga kiritgan. Hidetoshi 2001-yilda „Roma“ jamoasi bilan Italiya chempioni unvonini qozongan. Yaponiya terma jamoasi safida uchta Jahon chempionatida (1998, 2002 va 2006) ishtirok etdi hamda ikki marta (1996 va 2000) Olimpiya oʻyinlarida qatnashgan. 2005-yilda Nakata Italiyaning xorijdagi obroʻsini oshirgani uchun mamlakatning eng nufuzli mukofotlaridan biri – „Italiya birdamlik yulduzi“ ordeni bilan taqdirlangan. Bundan tashqari, Nakata moda sohasida ham faollik koʻrsatib, muntazam ravishda podium namoyishlarida qatnashadi va mashhur dizaynerlar kiyimlarini kiyib yuradi.

Nakata 2006-yil 3-iyulda, 29 yoshida, oʻn yillik futbol faoliyatini yakunlab, nafaqaga chiqishini eʼlon qildi. Uning karyerasi Italiya Seriya A chempionatida yetti mavsumni va Angliya Premyer-ligasida bir mavsumni oʻz ichiga olgan edi. 2004-yil mart oyida Pele Nakatani oʻsha paytdagi eng yaxshi tirik futbolchilar roʻyxati hisoblangan „FIFA 100“ga kiritdi. Nakata ushbu roʻyxatga kiritilgan atigi ikki nafar osiyolik futbolchidan biri edi.

Terma jamoadagi faoliyati

| ]

Milliy terma jamoadagi ilk debyutini 1997-yili 21-may Janubiy Koreya terma jamoasi bilan boʻlgan oʻyinda oʻtkazgan. Shu vaqtga qadar u milliy terma jamoa safida 77 ta oʻyinda ishtirok etib kelgan.1998-yilgi, 2002-yilgi va 2006-yilgi Jahon chempionati musobaqalari ishtirokchisi hisoblanadi.

Statistika

| ]
Yaponiya terma jamoasi
Yillar Isht. Gol
1997 16 5
1998 10 1
1999 3 0
2000 4 0
2001 7 1
2002 8 2
2003 11 1
2004 2 0
2005 10 0
2006 6 1
Jami 77 11

Manbalar

| ]
  1. „2006 FIFA World Cup Germany: List of Players: Japan“. FIFA (2014-yil 21-mart). 2019-yil 10-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  2. „Hidetoshi Nakata“. AS Roma. 2000-yil 9-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
  3. Duerden, John. „Countdown: The Top 10 Asian footballers of all time“. ESPN (2015-yil 7-iyun). 2023-yil 28-avgustda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2023-yil 28-avgust.
  4. „Arise, Sir Nak!“. This Is Lancashire (2005-yil 14-oktyabr). 2009-yil 14-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2006-yil 3-iyul.
  5. Japan National Football Team Database

Havolalar

| ]
  • Rasmiy sayti
  • Hidetoshi Nakata – FIFA musobaqalaridagi natijalari (arxivlangan)
  • Hidetoshi Nakata National-Football-Teams.com saytida
  • Hidetoshi NakataJ liga saytida (arxivlangan) (yaponcha)
  • Hidetoshi Nakata at the Japan National Football Team Database
  • Hidetoshi Nakata at Olympedia
  • Hidetoshi Nakata Olympics.comda
  • Hidetoshi Nakata OlympicChannel.comda (archived)
  • Hidetoshi Nakata Olympic.orgda (arxivlangan)


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Hidetoshi Nakata haqida, Hidetoshi Nakata nima? Hidetoshi Nakata nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan