Husan Amirqulov

Husan Amirqulov (1940.18.2, Qashqadaryo viloyati, Boyterak qishlogʻi) — Oʻzbekiston xalq artisti (1997). Toshkent davlat sanʼat institutini tugatgach (1963), Surxondaryo (1963-66), Sirdaryo (1966-74), Jizzax (1974-79) teatrlarida ishlagan, 1979-yildan Qashqadaryo teatrida. Asosiy rollari: Gʻani („Aldangan qiz“), Murod („Parvona“), Ferdinand („Makr va muhabbat“), Alisher Navoiy („Alisher Navoiy“), Aldar koʻsa („Addar koʻsa“), Moʻmin („Oltin devor“), Saʼdiyev („Oʻn uchinchi rais“), Abulfayzxon („Abulfayzxon“), Amir Temur („Amir Temur“) va boshqa Amirqulov yaratgan obrazlari oʻzining toʻlaqonliligi, ijroda davr nafasini mohirona yetkaza olishi, tarixiy asarlarda yaratgan oʻziga xos, boy sahna chizgilari bilan ajralib turadi. Xalqaro Ahmad Yassaviy mukofoti laureati (1993).

Manbalar

  1. image „Husan Amirqulov“, Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (A-harfi). Toshkent: „Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi“ Davlat ilmiy nashriyoti, 2000–2006-yillar.




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Husan Amirqulov haqida, Husan Amirqulov nima? Husan Amirqulov nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan