Idris al-Maʼmun

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Idris al-Maʼmun
Muvahhidlar xalifasi
Muvahhidlar davlati hukmdori
Saltanat 1229–1232
Oʻtmishdoshi Yahyo Mo‘tasim
Davomchisi Abdulvohid II
Vafoti 1232-yil 16/17-oktyabr
Farzandlari Abdulvohid II
Abu al-Hasan as-Said al-Mutadid
Otasi Yoqub al-Mansur
Onasi Safiya bint Abu Abdulloh ben Merdnych
Dini Islom
image
Kastiliyalik Ferdinand III ning tangalari. U Idris al-Maʼmunga yordam bergan.

Abu al-Ala Idris al-Maʼmun (arabcha: أبو العلا المأمون إدريس بن المنصور‎; 1232-yil 16 yoki 17-oktyabrda vafot etgan) – 1229-yildan to vafotiga qadar imperiyaning bir qismida hukmronlik qilgan Muvahhidlarga raqib xalifa. Abu Yusuf Yoqub al-Mansurning oʻgʻli, Muhammad an-Nosir va Abdulloh al-Odilning ukasi.

Hayoti

| ]

Al-Maʼmun birinchi Muvahhid hukmdori boʻlib, Mahdiy ibn Tumartning imomatini rasmiy ravishda inkor etdi va buning oʻrniga Bagʻdoddagi Abbosiy xalifasini imom sifatida tan oldi. Shuningdek, u Muvahhidlar hukmronligidan bir asrdan kamroq vaqt oldin hokimiyatdan agʻdarilgan Murobitlar ilgari targʻib qilgan Molikiylik mazhabi taqlidiga qaytdi. U „Mahdiy“ unvoni aslida Iso alayhissalomga taalluqli, deb daʼvo qildi. Bu qadamni uning jiyani Yahyo oʻzini xalifa deb eʼlon qilish uchun imkoniyat sifatida qabul qildi va natijada fuqarolar urushi boshlandi. Shu bilan bir paytda, Murciada amir al-Mutavakkil boshchiligida qoʻzgʻolon koʻtarildi. Al-Maʼmun bu qoʻzgʻolonni bostirish uchun qarindoshi Abu Zaydni Valensiyadan Murciaga yubordi, ammo Abu Zayd magʻlubiyatga uchradi. Shundan soʻng, al-Maʼmun oʻzi qoʻshin bilan al-Mutavakkilga qarshi yoʻl oldi, biroq shaharni qoʻlga kirita olmadi. Shu orada Shimoliy Afrikadagi vaziyat ham yanada ogʻirlashgani sababli al-Maʼmun Marokashga qaytib ketdi va shu tariqa Muvahhidlarning Pireney yarim orolidagi hukmronligi nihoyasiga yetdi.

Idris Kastiliya hukmdori Ferdinand III dan yordam soʻradi va qirol 12 000 ritsarni yubordi. Ular yordamida Idris shaharni zabt etdi va Yahyoni qoʻllab-quvvatlagan shayxlarni qirgʻin qildi. Gʻalabadan soʻng Idris Ferdinand III bilan tuzilgan shartnomaga sodiq qoldi va 1230-yilda Marokashda nasroniy cherkovi qurilishiga ruxsat berdi. Biroq bu cherkov ikki yil oʻtib, Yahyo tomonidan vayron qilindi. Idrisning bir tomondan ikkinchi tomonga oʻtib ketishi tez orada xalq orasida uning obroʻsi yoʻqolishiga sabab boʻldi. 1232-yil boshlarida Seutani qamal qilayotganida Yahyo bundan foydalanib Marokashni qoʻlga oldi. Idris shahar tomon yurishda vafot etdi va uning oʻrniga oʻgʻli Abdulvohid II taxtga oʻtirdi.

Muvahhidlar taʼlimotidan voz kechish Ifriqiya viloyatida Hafsiylar sulolasining ajralib chiqishiga ham sabab boʻldi.

Idrisnning xotinlaridan biri Habbaba ismli xristian ayol edi. Idris vafot etgach, u avval musulmon saroy aʼzolariga emas, balki xristianlardan iborat saroy qoʻriqchilariga xabar berdi va shu orqali ularning ustunligini taʼminladi.

Idrisning Abu al-Hasan as-Said al-Mutadid ismli oʻgʻli ham boʻlgan.

Manbalar

| ]
  1. Military Diasporas: Building of Empire in the Middle East and Europe (550 BCE-1500 CE). (n.d.). Storbritannien: Taylor & Francis.
  2. al-Fāsī, ʻAlī ibn ʻAbd Allāh Ibn Abī Zarʻ; al-Gharnāṭī, Ṣāliḥ ibn ʻAbd al-Ḥalīm. Roudh el-Kartas: Histoire des souverains du Maghreb (Espagne et Maroc) et annales de la ville de Fès (fr). Impr. impériale, 1860 — 355-bet. „His mother... Safya ... daughter of emir Abou Abd Allah ben Merdnych“ 
  3. J. Gordon Melton, Faiths Across Time: 5,000 Years of Religious History, p. 824
  4. Al-Maʼmun already as Governor of Cordoba had coins minted which replaced the Almohad motto Al Mahdi Imam al-Uma (the Mahdi is the Leader of the Nation) with the phrase Al-Abbasi Imam al-Uma (the Abbasi is the Leader of the Nation), in line with the Maliki traditionalist view of the cast of jurists of Cordoba and Seville who resented the Almohads and revolted against Ibn Rushd
  5. Minnema 2024.
  6. Janet E Burton, Phillipp R Schofield i Björn K U Weiler, Thirteenth Century England XIV: proceedings of the Aberystwyth and Lampeter Conference, 2011
  7. M. Th.
  8. Lower 2014.
  9. Yahya al-Mutasim
  10. Military Diasporas: Building of Empire in the Middle East and Europe (550 BCE-1500 CE).

Adabiyotlar

| ]
  • Lower, Michael (2014). "The Papacy and Christian Mercenaries of Thirteenth-Century North Africa". Speculum (The University of Chicago Press) 89 (3 JULY): 601–631. doi:10.1017/S0038713414000761. 
  • Minnema, Anthony H.. The Last Ta'ifa: The Banu Hud and the Struggle for Political Legitimacy in Al-Andalus (en). Cornell University Press, 15 May 2024. ISBN 978-1-5017-7490-4. 

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Idris al-Maʼmun haqida, Idris al-Maʼmun nima? Idris al-Maʼmun nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan