Muhammad an-Nosir

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Muhammad an-Nosir
Muvahhidlar xalifasi
image
Muvahhidlar davlati hukmdori
Saltanat 1199-yil 25-yanvar – 1213-yil
Oʻtmishdoshi Abu Yusuf Yoqub al-Mansur
Davomchisi Yusuf II
Turmush oʻrtogʻi Qamar
Farzandlari Yusuf II
Sulola Muvahhidlar
Otasi Abu Yusuf Yoqub al-Mansur
Onasi Ammet Allah bint Abu Isaac
Dini Islom

Muhammad an-Nosir (arabcha: محمد الناصر‎; tax. 1182–1213) – 1199-yildan to vafotiga qadar hukmronlik qilgan toʻrtinchi Muvahhidlar xalifasi. Zamonaviy nasroniylar uni Miramamolin deb atashgan.

1199-yil 25-yanvarda an-Nosirning otasi Abu Yusuf Yoqub al-Mansur vafot etdi. Oʻsha kuni an-Nosir yangi xalifa deb eʼlon qilindi. Otasining Pireney yarim orolida (Al-Andalus) nasroniylarga qarshi gʻalabalari tufayli an-Nosir bu jabhadagi jiddiy tahdidlardan vaqtincha xalos boʻlgan edi va butun eʼtiborini Banu Gʻaniya tomonidan Ifriqiyani (Tunisni) bosib olishga qaratilgan urinishlarni bostirishga qaratdi. Shundan soʻng saltanatning boshqa hududlaridagi muammolar bilan shugʻullanish zarurati tugʻilgach, u Abu Muhammad ibn Abu Hafsni Ifriqiya hokimi etib tayinladi va shu tariqa u yerda beixtiyor 1574-yilgacha davom etgan Hafsiylar sulolasiga asos soldi.

Sulola

| ]

Endilikda an-Nosir eʼtiborini yana Pireney yarim oroliga qaratishga majbur boʻldi, chunki Papa Innokent III Kastiliya qiroli Alfonso VIII ning iltimosiga koʻra salib yurishini eʼlon qilgan edi. Natijada, u 1212-yilda Las Navas de Tolosa jangida nasroniylar itiifoqiga qarshi jangda magʻlubiyatga uchradi. An-Nosir keyingi yili vafot etdi va uning oʻrniga Qamar ismli nasroniy choʻridan tugʻilgan yosh oʻgʻli Yusuf al-Mustansir xalifa boʻldi.

Angliya qiroli John bilan munosabatlar

| ]

XIII asrning boshlarida Angliya qiroli John Papa Innokent III bilan kelishmovchiligi ortidan katta bosim ostida qoldi, chunki shu nizo tufayli Angliya cherkov interdiktiga qoʻyildi, yaʼni barcha diniy marosim va ibodat shakllari taqiqlab qoʻyildi. Johnning oʻzi esa cherkovdan quvildi, mamlakatning ayrim hududlarida qoʻzgʻolonlar boshlandi va fransuzlarning bosqin uyushtirish xavfi paydo boʻldi.

Ushbu voqealardan yigirma yil oʻtib, Albans monastirining yilnomachisi Matthew Parisning daʼvo qilishicha, John nihoyatda nochor holatda oʻz elchilarini an-Nosirning huzuriga yordam soʻrab yuborgan. Buning evaziga John islomni qabul qilishga, mamlakatni xalifaning ixtiyoriga topshirishga va Angliyani musulmon davlat qilishga tayyorligini bildirgan. Elchilar orasida London ruhoniysi Master Robert ham boʻlgan. Rivoyatlarga koʻra, an-Nosir Johnning iltijo ohangidagi yaltoqlanishidan shunchalik jirkanib ketganki, elchilarni qaytarib yuborgan. Tarixchilar esa bu voqea haqiqatligiga shubha bilan qaraydilar, chunki boshqa zamondosh manbalarda bunga oid dalillar topilmagan.

Vazirlar

| ]
  • Abu Zayd bin Yujan (1198–1199)
  • Abu Muhammad Abdulvohid ibn Abu Hafs (1199–1205), Ifriqiyaning boʻlajak hokimi
  • Abu Said Usmon ibn Jomiy (1205–1214)

Manbalar

| ]
  1. al-Fāsī, ʻAlī ibn ʻAbd Allāh Ibn Abī Zarʻ; al-Gharnāṭī, Ṣāliḥ ibn ʻAbd al-Ḥalīm. Roudh el-Kartas: Histoire des souverains du Maghreb (Espagne et Maroc) et annales de la ville de Fès (fr). Impr. impériale, 1860 — 326-bet. „...had as mother a legitime wife (of his father) Ammet Allah (servant of God), daughter of the sid Abou Ishac ben Abd el-Moumen ben Aly“ 
  2. Rademacher, Cay: Der Kampf um Spanien.
  3. Évariste Lévi-Provençal, al-Nāṣir.
  4. O'Callaghan, Joseph F.. A History of Medieval Spain (en). Cornell University Press, 1975 — 244-bet. ISBN 978-0-8014-9264-8. 
  5. Évariste Lévi-Provençal, al-Nāṣir.
  6. „Biografia de Yusuf II al-Mustansir Billah“. www.biografiasyvidas.com.
  7. „Maroc-Royaume Uni : Un Passé Glorieux et un Avenir Prometteur“ (2019-yil 21-oktyabr).
  8. Chesterton, G.K.. The Everlasting Man. London: Hodder & Stoughton, 1925 — 215-bet. 
  9. Ronay, Gabriel. The Tartar Khan's Englishman. London: Cassel, 1978 — 28–34-bet. ISBN 1-84212-210-X. 
  10. Graham Stewart, The king who wanted Sharia England.
  11. John Derbyshire, United States of Islam.
Oʻtmishdoshi:
Abu Yusuf Yoqub al-Mansur
Muvahhidlar xalifasi
1199–1213
Vorisi:
Yusuf II

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Muhammad an-Nosir haqida, Muhammad an-Nosir nima? Muhammad an-Nosir nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan