Ikroma Boltayeva
Ikroma Boltayeva (1916.16.1, Kitob – 1993.21.11, Toshkent) – O‘zbekiston SSR xalq artisti (1956). Pedagogika bilim yurtida (1930—1932), Lohutiy nomidagi Toshkent teatr texnikumida (1933—1934) taʼlim olgan. Ijodiy faoliyatini Qashqadaryo teatrida boshlagan. 1934—1945-yillar Samarqand teatrida ishlab, Qunduz („Togʻ qizi“), Ledi Milford („Makr va muhabbat“), Maysara, Jamila („Maysaraning ishi“, „Boy ila xizmatchi“) kabi obrazlarni yaratgan. 1946-yildan Hamza teatrida. Boltayevaning obrazlari mukammal va tugalligi bilan ajralib turadi. Yuksak aktyorlik mahorati, ifodali nutqi, yorqin maishiy boʻyoqlar vositasida oʻziga xos qaytarilmas obrazlar yaratishga erishdi. Mashhur rollari: Varvara („Momaqaddiroq“), Hafiza, Saltanat, Netayxon, Shakarbuvi („Yangi yer“, „Shohi soʻzana“, „Tobutdan tovush“, „Ayajonlarim“), Dezdemona („Otello“), Nuri („Qutlugʻ qon“), Marhamat („Parvona“), Huriniso, Saodat („Oltin devor“, „Istanbul fojiasi“), Bashorat, Farmonbibi („Kelinlar qoʻzgʻoloni“) va boshqa Kinoda (Halima, „Mahallada duv-duv gap“ va boshqalar) ham rollar ijro etgan. Hamza nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1979).
Ikroma Boltayeva | |
---|---|
Tugʻilgan sanasi | 16-yanvar 1916-yil |
Tugʻilgan joyi | Kitob |
Vafot sanasi | 21-noyabr 1993-yil (77 yoshda) |
Vafot joyi | Toshkent, Oʻzbekiston |
Kasbi | teatr aktrisasi |
Teatr | Qashqadaryo teatri, Hamza teatri |
Mukofotlari | ![]() |
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() ![]() | Oʻzbekistonlik shaxsiyat haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ikroma Boltayeva haqida, Ikroma Boltayeva nima? Ikroma Boltayeva nimani anglatadi?
Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!