Ishsizlik nafaqasi

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ishsizlik nafaqasi - OʻzRda ishidan, ishidagi daromadidan mahrum boʻlib qolgan fuqarolarga qonunda koʻzda tutilgan tartibda va miqdorda, davriy ravishda beriladigan pullik yordam; ishsiz shaxslarga moddiy kafolatlarning asosiy turi. 16 yoshdan boshlab to pensiya bilan taʼminlanish huquqiga ega boʻlgan yoshdagi; ishga va ish haqiga (mehnat daromadiga) ega boʻlmagan; ish qidiruvchi shaxs sifatida mahalliy mehnat organida roʻyxatga olingan; mehnat qilishga, kasbga tayyorlash va qayta tayyorlashdan oʻtishga, malakasini oshirishga tayyor turgan, mehnatga qobiliyatli shaxslar ishsiz deb eʼtirof etiladi. (OʻzRning "Aholini ish bilan taʼminlash toʻgʻrisida" yangi tahrirdagi qonuni; 1998 y. 1 may). I. n. ishsiz deb eʼtirof etilgan shaxsga u ish qidirayotgan shaxs sifatida mahalliy mehnat organida roʻyxatdan oʻtgan kundan eʼtiboran tayinlanadi. Qaramogʻida 3 nafargacha kishi boʻlgan, 35 yoshga toʻlmagan ishsiz erkaklarga I. n. haq toʻlanadigan jamoat ishlarida OʻzR Vazirlar Mahkamasi belgilaydigan tartibda ishtirok etgan taqdirda tayinlanadi. Ishsiz shaxsning I.n. olish huquqi u ish qidirayotgan shaxs sifatida roʻyxatdan oʻtgan paytdan boshlab kechi bilan I-kundan eʼtiboran kuchga kiradi. I.n.ga oid amaldagi qonun-qoidalar OʻzR Mehnat kodeksi 60—66-moddalarida hamda yuqoridagi qonunda belgilab berilgan.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ishsizlik nafaqasi haqida, Ishsizlik nafaqasi nima? Ishsizlik nafaqasi nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan