Ismoiliylar davlati

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Ismoiliylar davlati - 1090 y. ismoiliylar tuzgan davlat. Markazi Alamut boʻlgan. Unga Eron, Suriya va Ozarbayjondagi bir necha viloyat, shahar va qalʼalar kirgan. I. d. yaxlit hududga birlashmagan edi. Bu davlat hashsho-shiylar harakati natijasida vujudga kelgan. I. d. asoschisi Hasan ibn Sab-boh (1124 y. vafot etgan) va uning avlodlari cheklanmagan siyosiy hamda maʼnaviy huquqqa ega boʻlgan. Mahalliy va xalqaro savdo yoʻlida joylashgan Koʻhiston viloyati I. d.ning taraq-qiy etgan qismi edi. Eng yaxshi yaylov va yerlarning , karvonlardan keladigan bojlarning koʻpligi tufayli I. d. iqtisodi tez rivojlandi. Ammo mulkiy tengsizlikning oʻsib borishi bilan I. d.da siyosiy kurash avj oldi. 13-asrning 1 -choragida I. d. tepasida turgan xalqchil guruh xorazmshoh Jaloliddin Manguberdini moʻgʻullarga qarshi kura-shini qoʻllab-quvvatlagan. Biroq key-inchalik I. d.dagi ichki qaramaqarshilikdan foydalangan moʻgʻullar Alamutni (1256), I. d.ning Suriyadagi mulklarini esa mamluklar egalladi.

Adabiyot

| ]
  • Bosvort K. E., Musulmanskiye dinastii, M., 1971; Istoriya stran zarubejnoy Azii v sredniye veka, M., 1970.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Ismoiliylar davlati haqida, Ismoiliylar davlati nima? Ismoiliylar davlati nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan