Jome at-tavorix

"JOME at-TAVORIX" ("Tarixlar toʻplami") — tarixiy asar. Muallifi — Rashiduddin Fazlulloh 1302—10/11 yillarda fors tilida yozilgan.

Asar 3 qismdan iborat: 1-qism "Tarixi Gʻozoniy" deb atalib, Gʻozonxon farmoniga binoan bitilgan. Unda moʻgʻullar, Chingizxon va moʻgʻullar barpo qilgan davlatlar, xususan, Hulokuiylar davlati tarixi (1304-yilgacha) yoritilgan. 2- qism Oʻljoytuxon topshirigʻiga koʻra kashmirlik Kamalashri, xitoylik Li Dachji, fransiyalik bir monax va ikki fors olimi ishtirokida yaratilgan boʻlib, u Islom olamining moʻgʻullar istilosidan ilgarigi tarixi, qad. yahudiylar, franklar, Rim imperatorlari, Hindiston va Xitoy tarixi, shuningdek, Sharqiy Yevropa xalqlariga doir maʼlumotlardan iborat. 3- qiyom esa Yetti iqlim geografiyasiga bagʻishlangan boʻlib, u bizgacha yetib kelmagan. Hofizi Abru bu asarga Shohrux farmoniga binoan "Zayli Jome at-tavorix" nomli ilova yozib, unda Eron tarixi bayonini 1371-yilgacha yetkazgan. "J. at-t."ning 16-asrda eski oʻzbek tiliga oʻgirilgan ikki nusxasi (Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi Sharqshunoslik instituti, Turkmaniston Fanlar akademiyasi Til va adabiyot instituti fondlarida) mavjud boʻlib, ulardan birining tarjimoni Muhammad Ali ibn Darvesh Ali Buxoriy, ikkinchisiniki Solur bobo ibn Qul Alidir. "J. att." fransuz (1836, 1911), chex (1941), rus (1858, 1868, 1888, 1968) va b. tillarga ham tarjima qilinib nashr etilgan.

Adabiyot

  • Ahmedov B. A., Oʻzbekiston xalqlari tarixi manbalari, T., 1991.

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil




vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Jome at-tavorix haqida, Jome at-tavorix nima? Jome at-tavorix nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan