Kamol Xoʻjandiy

Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kamol Xo'jandiy
Asl ismi کمال‌الدین مسعود خُجندی
Tavalludi 1321-yil
Xoʻjand
Vafoti 1401-yil
Tabriz
Ijod qilgan tillari Tojik tili
Janr gʻazal

Kamol Xoʻjandiy (taxallusi; ismi Kamoliddin Masʼud, 1321, Xoʻjand – 1401, Tabriz) – fors-tojik shoiri. Toshkent, Turkiston, Samarqandda maʼlum muddat yashab, tahsil koʻrgan. Moʻgʻul istilosi tufayli oʻz vatanini tark etgan. Xorazm, Sheroz va arab mamlakatlariga borgan, Makkada boʻlgan. Qaytishda Tabrizda yashab qolgan. 1385 – yilda Oltin Oʻrda hukmdori Toʻxtamish Tabrizni bosib olgach, Kamolni Saroy shahriga olib ketgan. Xoʻjandiy 1389 – yilda Tabrizga qaytgan. U umr boʻyi vataniga qaytishni orzu qilgan. Sheʼrlarida gʻariblikdan shikoyat, vatanni qumsash motivlari aks etgan, insoniy sevgi ulugʻlangan. U, asosan, gʻazallari bilan shuhrat qozongan. Navoiy Kamol ijodiga yuksak baho berib, uni Saʼdiy, Xusrav Dehlaviy, Salmon Sojaviylar bilan bir qatorga qoʻygan („Nasoyim ul-muhabbat“).

image
Kamol Xoʻjandiy maqbarasi

Asarlari

| ]
  • Devon, T., 1962.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil


vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kamol Xoʻjandiy haqida, Kamol Xoʻjandiy nima? Kamol Xoʻjandiy nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan