Kampirravot toʻgʻoni

Vikipediya, erkin ensiklopediya

Kampirravot toʻgʻoni — Qoradaryodagi gidrotexnika inshooti. 1937— 40 yillarda qurilgan. Kampirravot toʻgʻoni radiusi 167 m li egriliqda. Umumiy uz. 137,5 m, bal. 6 m, eni 4 m. Toʻgʻon 8 darvozadan iborat; har bir darvozaning uz. 15 m. Qoradaryoga oʻngdan Yassi, chapdan Oʻzgan qoʻshilgach, suv Kampirravot darasidan oʻtadi va Fargʻona vodiysiga chiqib kengayadi. Ilgari daryoning shu qismi tosh, chim, shox-shabba bilan toʻsilib, Shahrixon, Andijon kanallariga suv chiqarilgan. Qoradaryoda toshqin boshlangan paytlarda kanal va suv chiqaruvchi toʻsiqlar xavf ostida qolar edi. Shularni hisobga olib, Kampirravot toʻgʻoni qayta qurildi. Qurilish 1937-yilda Shahrixon va Andijon kanal rostlagichi va toʻgʻon asosini qazish bilan boshlandi. Toʻgʻonning maksimal suv sarfi 1500 m3/sek. Bu suv uzelida toʻgʻondan tashqari, Shahrixon, Andijon kanallariga suv chiqaruvchi rostlagich qurilgan, u 10 darvozadan iborat; har bir darvozaning uz. 5 m. Rostlagichning eng koʻp suv sarfi 230 m3/sek.

Manbalar

| ]
  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kampirravot toʻgʻoni haqida, Kampirravot toʻgʻoni nima? Kampirravot toʻgʻoni nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan