Kirill Alyoshin
| Kirill Alyoshin | |
|---|---|
![]() | |
| Shaxsiy maʼlumotlari | |
| Toʻliq ismi | Kirill Pavlovich Alyoshin |
| Davlat | |
| Tavalludi | Omsk, Rossiya |
| Shaxsiy rekordlari | |
| Umumiy natija | 179.78 (Tallinn Trophy 2018) |
| Qisqa dastur | 71.17 (Tallinn Trophy 2018) |
| Erkin dastur | 108.6 (Tallinn Trophy 2018) |
Kirill Pavlovich Alyoshin (ruscha: Кирилл Павлович Алешин; 1997-yil 24-aprel, Omsk) — rossiyalik figurali uchuvchi, Anastasiya Skoptsova bilan juftlikda muz ustida raqs ijro etadi. Juftlik oʻzining soʻnggi oʻsmirlar mavsumida (2017/2018), oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida hamda Rossiya va jahon chempionatlarida gʻalaba qozonishgan. Keyingi mavsumda ular kattalar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasida debyut qilishib, Tallin kubogining kumush medali sohiblariga aylanishgan.
Tarjimayi holi
| ]Krill Pavlovich 2003-yildan beri figurali uchish bilan shugʻullanadi, uning birinchi murabbiyi Tatyana Odinokova edi.
Ilgari yakkaxon konkida uchuvchi boʻlgan.
2009—2010, 2010—2011 va 2011—2012-yilgi mavsumlarda Yevgeniya Cherpakova bilan muz raqslarida chiqish qilgan. Ular Sankt-Peterburg maktabida taʼlim olganlar. 2014—2015-yilda toʻrtta Gran-pri bosqichida qatnashgan, jumladan Cup of China turnirida yettinchi oʻrinni egallagan.
2017—2018-yilgi mavsum
| ]Juftlik (Skotsova — Alyoshin) 2017 — 2018-yilgi mavsumda oʻzlarining soʻnggi oʻsmirlar darajasidagi oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri finalida, shuningdek, Rossiya va jahon oʻsmirlar chempionatlarida gʻolib chiqqan.
2018—2019-yilgi mavsum
| ]2018 — 2019-yilgi mavsumda juftlik kattalar oʻrtasidagi xalqaro musobaqalarda debyut qilishgan. Oktyabr oyining ikkinchi yarmida — noyabr oyining birinchi yarmida ular kattalar oʻrtasidagi Gran-pri seriyasining ikki bosqichida (Skate Canada va NHK Trophy) 10- va 7-oʻrinlarni egallashgan. Keyin juftlik Tallin kubogi musibaqasida chiqish qilishdi (bu mavsumda ISU nomzodlar seriyasi yoki Challenger seriyasi deb ataladigan ushbu turnirning kattalar toifasida) va kumush medallarni qoʻlga kiritishdi.
Sport yutuqlari
| ]| Musobaqa | 14/15 | 15/16 | 16/17 | 17/18 | 18/19 | 19/20 | 20/21 |
|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Xalqaro | |||||||
| Gran-pri bosqichlari. Cup of China | 7 | ||||||
| Gran-pri bosqichlari. Cup of Russia | 9 | 3 | |||||
| Gran-pri bosqichlari. NHK Trophy | 7 | ||||||
| Gran-pri bosqichlari. Skate Canada | 10 | ||||||
| Tallinn Trophy | 1 | 2 | |||||
| Egna Dance Trophy | 2 | ||||||
| Santa Claus Cup | 1 | ||||||
| Milliy | |||||||
| Rossiya chempionati | 5 | 5 | 3 | ||||
| Oʻsmirlar oʻrtasida Rossiya chempionati | 9 | 5 | 3 | 1 | |||
| Rossiya kubogi bosqichlari. I bosqich | 3 | 1 | |||||
| Rossiya kubogi bosqichlari. II bosqich | 4 | ||||||
| Rossiya kubogi bosqichlari. IV bosqich | 1 | 1 | |||||
| Rossiya kubogi bosqichlari. V bosqich | 2 | 2 | 1 | ||||
| Xalqaro oʻsmirlar | |||||||
| Yoshlar Olimpiya oʻyinlari | 3 | ||||||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi jahon chempionati | 5 | 1 | |||||
| Yoshlar oʻrtasidagi Gran-pri finali | 6 | 1 | |||||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari. Xorvatiya | 2 | ||||||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari. Polsha | 3 | 1 | |||||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari. Belarus | 2 | ||||||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari. Estoniya | 2 | ||||||
| Oʻsmirlar oʻrtasidagi Gran-pri bosqichlari. Sloveniya | 3 | ||||||
| Volvo Open Cup | 4 | ||||||
Manbalar
| ]- „Кирилл Павлович Алёшин - Kirill Aleshin - Личности“. Fskate.ru. 2019-yil 14-mayda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
- „Евгения Анатольевна Черпакова - Evgenia Cherpakova - Личности“. 2018-yil 29-oktyabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
- „Skate Canada International 2018 (Лаваль, Канада) - Результаты“. 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
„NHK Trophy 2018 (Хиросима, Япония) - Результаты“. 2018-yil 9-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 9-dekabr.
- Yashayotgan insonlar
- 1997-yilda tugʻilganlar
- 24-aprelda tugʻilganlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kirill Alyoshin haqida, Kirill Alyoshin nima? Kirill Alyoshin nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!