Koʻkdala tumani

Koʻkdala tumaniQashqadaryo viloyatidagi tuman. 2022-yil 19-Aprelda Chiroqchi tumani hududini ikkiga boʻlish orqali tashkil etilgan. Markazi — Yettitom shaharchasi. Maydoni 171 ming gektar.

Koʻkdala tumani
tuman
Tarkibida Qashqadaryo viloyati
Maʼmuriy markazi Yettitom
Asos solingan sanasi 2022-yil 19-aprel
Hokim Xurram Djurayev (tumanning birinchi hokimi)
Rasmiy tillar Oʻzbek
Aholi 192000
Dinlar tarkibi musulmonlar
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +99875
Internet domeni .uz
Rasmiy sayti

https://kokdala.uz/

https://gov.uz/oz/kokdala https://t.me/Kukdala_uz
Xaritada
image
39°12′0.00″N 66°10′0.01″E / 39.2000000°N 66.1666694°E / 39.2000000; 66.1666694

Tarixi

2021-yil 11-oktabrda 2021-yilgi prezidentlik saylovida oʻz nomzodini koʻrsatgan Shavkat Mirziyoyev qashqadaryolik saylovchilar bilan uchrashuv vaqtida Chiroqchi tumanida aholi soni koʻpligi, transport infratuzilmasi rivojlanmagani sababli aholining tuman markaziga kelib-ketishida koʻp vaqti va mablagʻi ketayotganini aytib, tuman hududini ikkiga boʻlish taklifini bildirdi. 2022-yil 2-mart kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Qonunchilik palatasining yalpi majlisida Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi masala koʻrib chiqildi. Majlisda yangi tashkil etiladigan Koʻkdala tumaniga Chiroqchi tumanidan 177 ming aholi yashaydigan 171 ming ga yer maydoni ajratilishi haqida kelishib olindi. 2022-yilning 19-aprel kuni Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlis Senati yigʻilishida Koʻkdala tumanini tashkil etish toʻgʻrisidagi tegishli qaror qabul qilindi.

Koʻkdala tumanini tashkil etishda Oʻzbekiston prezidenti Shavkat Mirziyoyev soʻzlagan nutqdan parcha:

Ko‘kdala tumanini tashkil etishdan asosiy maqsad bu yerda yashaydigan 182 ming nafar aholi uchun munosib turmush sharoitini yaratish, hududni iqtisodiy rivojlantirish, aholi bandligini ta’minlash bo‘yicha ishlarimizni yangi bosqichga ko‘tarishdir

Mahallalar

image
Chiroqchi tumani hududining Chiroqchi (koʻk rangda) va Koʻkdala (qizil rangda) tumanlariga boʻlinishi

Koʻkdala tumani tashkil etilganida Chiroqchi tumanining quyidagi 32 mahallasi ushbu tumanga qoʻshilgan:

  1. Annaruz
  2. Ayritom
  3. Baxt
  4. Beglamish
  5. Eski anhor
  6. Guliston
  7. Koʻkdala
  8. Naymansaroy
  9. Oltin boshoq
  10. Oltin dala
  11. Paxtalisoy
  12. Qanotli
  13. Qumdaryo
  14. Soyboʻyi
  15. Suvliq
  16. Taloqtepa
  17. Torjilgʻa
  18. Toshli
  19. Toʻqmor
  20. Umakay
  21. Uymovut
  22. Xarduri
  23. Xushali
  24. Xoʻjaobod
  25. Zum
  26. Oʻtamayli
  27. Gʻallakor
  28. Shoʻrbozor
  29. Shoʻrquduq
  30. Chiyal
  31. Chorvador
  32. Chuvulloq

Manbalar

  1. „Янги ташкил этилган Кўкдала туманига илк ҳоким тайинланди“. Gazeta.uz (2022-yil 19-aprel). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
  2. Qashqadaryoda yangi tuman tashkil etildi. // Gazeta.uz (2022-yil 17-mart)
  3. Shavkat Mirziyoyev Chiroqchi tumanini Chiroqchi va Koʻkdala tumaniga boʻlishni taklif qildi. // Yangi Oʻzbekiston (2021-yil 11-oktabr)
  4. Chiroqchi tumanidan Koʻkdala tumani tarkibiga qancha yer maydoni oʻtkazilishi ochiqlandi. (Wayback Machine saytida 2022-03-07 sanasida arxivlangan) // Xalq soʻzi (2022-yil 2-mart)
  5. Қашқадарё вилояти Чироқчи туманининг чегараларини ўзгартириш ва Кўкдала туманини ташкил этиш тўғрисидаги масала муҳокама қилинди. (Wayback Machine saytida 2022-04-24 sanasida arxivlangan) // Oʻzbekiston Respublikasi Oliy Majlisi Senati (2022-yil 17-mart)
  6. „Prezident nega Ko‘kdala tumani tashkil etilgani haqida gapirdi“. Xabar.uz (2022-yil 21-aprel). Qaraldi: 5-iyul 2022-yil.
  7. Chiroqchining 32 ta mahallasi Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkaziladi. (Wayback Machine saytida 2023-11-15 sanasida arxivlangan) // Oyina (2021-yil 22-noyabr)
  8. Chiroqchi tumani hududidagi 32 ta mahalla fuqarolar yigʻinlari hududlarini yangi tashkil etilayotgan Koʻkdala tumani tarkibiga oʻtkazish haqida. // Xalq deputatlari Chiroqchi tuman Kengashi Qarori (2021-yil 18-noyabr)

Havolalar

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Koʻkdala tumani haqida, Koʻkdala tumani nima? Koʻkdala tumani nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan