Kollektor-drenaj tarmogʻi
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
Kollektor-drenaj tarmogʻi — yerlarni botqoqlanishdan va shoʻr bosishdan saqlash hamda optimal suv-tuz rejimini taʼminlash maqsadida ortiqcha tuproq va grunt suvlarini yi-gʻib, melioratsiya qilinadigan maydondan chiqarib yuborish maqsadlarida quriladigan inshootlar majmui. Kollektor-drenaj tarmogʻit.ning katta qismini ochiq zovurlar tashkil qiladi. Oʻzbekistonda xoʻjaliklararo kollektorlarning umumiy oʻz. 28,2 ming km, 2,8 mln. ga dan ortiq sugʻoriladigan yerlar kollektordrenaj tarmoqlari bilan taʼminlangan (2001). K.-d.t.ni qurish Mirzachoʻl, Qarshi choʻli, Surxon-Sherobod dashtidagi yerlarni keng miqyosda oʻzlashtirish imkonini berdi.
K.-d.t.ning eng yirik tarmoqlari Buxoro, Xorazm, Sirdaryo, Andijon va Fargʻona viloyatlarida, Turkmanistonda Qoraqum kanali zonasida, Tojikistonda Vaxsh vodiysi, Yovon vohasida qurilgan boʻlib, melioratsiyalanganga maydonga 25 dan 52 m gacha uzunlikda kollektor va zovur toʻgʻri keladi. K.-d.t. qurish agrotexnik tadbirlar bilan birgalikda shoʻr yerlar melioratsiyasida, ekinlar hosildorligini va yalpi hosilini oshirishda muhim ahamiyatga ega (qarang Gorizontal drenaj).
Masharif Boqiyev.
Manbalar
- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
![]() | Ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. Bu andozani aniqrogʻiga almashtirish kerak. |
Bu maqola birorta turkumga qoʻshilmagan. Iltimos, maqolaga aloqador turkumlar qoʻshib yordam qiling. (avgust 2024) |
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kollektor-drenaj tarmogʻi haqida, Kollektor-drenaj tarmogʻi nima? Kollektor-drenaj tarmogʻi nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!