Komiljon Zufarov
- Vikipediyada ismi Komiljon va familiyasi Zufarov boʻlgan boshqa kishilar haqida ham maqolalar mavjud.
Komiljon Ahmadjonovich Zufarov (1925.01.05 – Toshkent – 2002.30.07) – gistolog olim, Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi akademik (1968), Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan arbobi (1968). Toshkent tibbiyot akademiyasi ni tugatgan (1951). Ikkinchi jahon urushi qatnashchisi, Andijon tibbiyot instituti gistologiya kafedrasi mudiri va fakultet dekani (1955—1957), Oʻlka tibbiyot instituti va Oʻzbekiston Fanlar akademiyasi yadro fizikasi institutida laboratoriya mudiri (1957—1965), Toshkent tibbiyot akademiyasi rektori (1956—1971), Oʻlka tibbiyot instituti direktori (1971—1972). Oʻzbek sovet ensiklopediyasi bosh muharriri (1977—1986), „Fan va turmush“ jurnal bosh muharriri (1988—1992). Toshkent tibbiyot akademiyasi gistologiya kafedrasi (1962-yildan) va biofizika laboratoriya (1966-yildan) mudiri. Asosiy ilmiy ishlari hujayralar ichida sekretsiya va soʻrilish jarayonlari hamda ularning boshqarilish mexanizmini oʻrganishga oid. Oʻzbekistonda birinchi boʻlib elektron mikroskopiya laboratoriyaga asos solgan. Ingichka ichakdan soʻrilgan ekzogen oqsillarning buyraklarda parchalanishi toʻgʻrisidagi ilmiy kashfiyot muallifi (1987). Beruniy nomidagi Oʻzbekiston Davlat mukofoti laureati (1981).
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Olim haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- Olimlar haqidagi chala maqolalar
- Ikkinchi jahon urushi qatnashchilari
- Oʻzbekistonda xizmat koʻrsatgan fan va texnika arboblari
- Oʻzbekiston SSR Fanlar akademiyasi akademiklari
- Toshkent tibbiyot akademiyasi bitiruvchilari
- Oʻzbekistonlik gistologlar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Komiljon Zufarov haqida, Komiljon Zufarov nima? Komiljon Zufarov nimani anglatadi?


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!