Konstantinos Stephanopoulos

Vikipediya, erkin ensiklopediya
image
Stefanopulos Konstantinos

Stefanopulos Konstantinos (1926, Patras sh. - 2016) — Gretsiya davlat arbobi. Afina universitetining yuridik ftini tugatgan. Advokatlik bilan shugʻullangan (1954—74), milliy birlik hukumatida savdo boʻyicha davlat kotibi (1974), Gretsiya ichki ishlar vaziri (1974— 76), ijtimoiy taʼminot vaziri (1976—77), Gretsiya Bosh vaziri huzurida maslahatchi (1977—81). 1964, 1974, 1981 yillarda turli partiyalardan mamlakat parlamenti deputati etib saylangan. Tiklanish demokratik partiyasi asoschisi (1985), shu partiyadan Afina saylov okrugi boʻyicha deputat (1989—94). 1995 y. 8 martdan Gretsiya Respublikasi prezidenti. 2001 y. mart oyida rasmiy tashrif bilan Oʻzbekistonda boʻlgan

Manbalar

| ]
  1. OʻzME

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Konstantinos Stephanopoulos haqida, Konstantinos Stephanopoulos nima? Konstantinos Stephanopoulos nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan