Kunchiqar Darvoza

Koordinatalari: 39°13′24″N 66°51′55″E / 39.22333°N 66.86528°E / 39.22333; 66.86528
Vikipediya, erkin ensiklopediya
Kunchiqar Darvoza
ruscha: Кунчикар-Дарваза
Shaharcha
39°13′24″N 66°51′55″E / 39.22333°N 66.86528°E / 39.22333; 66.86528
Mamlakat Oʻzbekiston
viloyat Qashqadaryo viloyati
tuman Shahrisabz tumani
Qachondan beri shaharcha 2009
Rasmiy til(lar)i oʻzbek
Vaqt mintaqasi UTC+5
Telefon kodi +998 75
Pochta indeks(lar)i 181206
image
image
Kunchiqar Darvoza
ruscha: Кунчикар-Дарваза

Kunchiqar Darvoza (ruscha: Кунчикар-Дарваза) — Oʻzbekiston Respublikasi Qashqadaryo viloyati Shahrisabz tumaniga qarashli shaharcha. 2009-yilda shaharcha maqomi berilgan. Registratsiya vaqti 2015-yil 9-sentyabr sanasiga toʻgʻri keladi.

Etimologiyasi

| ]

Kunchiqar soʻzi kun va chiqar soʻzlari yigʻindisi hisoblanadi. Bu soʻzlar xalqi nutqidagi ifodasi sharq — kunchiqar, yuqori, baland; janub esa kunyurar, kunoʻrta; gʻarb tomoni esa kunbotar va doq, etak, quyi; shimol esa kunorqa, baland, yuqori maʼnosida qoʻllanadi. Shaharcha Kesh (Shahrisabz) shahrining sharqiy qismida joylashganligi sababli ham kunchiqar tomon yaʼni Kunchiqar deb nom olgan. Moʻljal olish Shahrisabzga koʻra olingan. Sababi shahar oʻsha vaqtda ahamiyatli hudud hisoblangan.

Tarkibi

| ]

Kunchiqar Darvoza shaharchasida asosiy bitta mahalla boʻlib bu Kunchiqar MFY hisoblanadi. Mazkur hududda 41-sonli maktab va maktabgacha taʼlim muassasasi, Qarshi Davlat universitetining tarix fakulteti binosi, bir nechta ishlab chiqarish korxonalari va doʻkonlar, shuningdek, bitta masjid faoliyat yuritadi.

Iqlimi

| ]

Shaharcha iqlimi keskin kontinental. Yillik oʻrtacha harorat 14.7° darajani tashkil etadi. Yanvarning oʻrtacha harorati 0,8°, eng past harorati esa —26° ga teng. Kunchiqar Darvoza shaharchasida iyulning oʻrtacha harorati 28° darajani, eng yuqori harorati esa 43°darajani tashkil etadi.

Yogʻin miqdori

| ]

Shaharchaning yillik yogʻin miqdori 545 mm ga teng. Vegetatsiya davri — 219 kunni tashkil qiladi.

Aholisi

| ]

Aholisi, asosan, oʻzbeklar, shuningdek, tojik, tatar, rus va boshqalar millat vakillaridan tarkib topgan.

Oʻxshash joylar

| ]

Qashqadaryo viloyati Qarshi shahrida ham Kunchiqar nomli qishloq mavjud boʻlib, bu nom shu hududagi Solnechnaya (Solnechnaya) soʻzining tarjimasi hisoblanadi. Surxondaryo viloyati Qiziriq tumanida Kunchiqish nomli qishloqcha ham mavjud.

Manbalar

| ]
  1. „Qashqadaryo pochta indekslari“. goldenpages.uz. Qaraldi: 08-2023.
  2. POSTANOVLYeNIYe KABINYeTA MINISTROV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN 13.03.2009 g. N 68 O DOPOLNITYeLNIX MYeRAX PO SOVYeRShYeNSTVOVANIYu ADMINISTRATIVNO-TYeRRITORIALNOGO USTROYSTVA NASYeLYeNNIX PUNKTOV RYeSPUBLIKI UZBYeKISTAN
  3. To'ra Nafasov. Qashqadaryo qishloqnomasi. Toshkent: Muharrir nashriyoti, 2009-yil — 148-bet. ISBN 978-9943-354-60-9. 

vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Kunchiqar Darvoza haqida, Kunchiqar Darvoza nima? Kunchiqar Darvoza nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan