Lata Mangeshkar
Bu maqolada ichki havolalar juda kam. |
| Lata Mangeshkar | |
|---|---|
![]() | |
| Tavalludi | 28-sentyabr 1929-yil Madhya-Pradesh |
| Vafoti | 6-fevral 2022-yil (92 yoshda) Mumbay |
| Fuqaroligi | Hindiston |
| Otasi | Deenanath Mangeshkar |
| Mukofotlari | |
Lata Mangeshkar (1929.28.9, Hindiston, Madhya Pradesh shtatining Indour shahri) — hind xonandasi. Sangit Natak akademiyasining faxriy doktori (1989). Nihoyatda jozibali, maftunkor, mayin va keng diapazonli ovoz sohibasi. L.M. 9 yoshidan katta sahnalarda xonanda sifatida tanilgan. 1941-yilLahor shahrida „Art Pikchers“ kinostudiyasi tanlovida gʻolib chiqib, kinofilm qoʻshiqlarini ijro eta boshlagan. Jami 1000 ga yaqin (shu jumladan, „Bayju Bavra“, „Barsat“, „Tojmahal“, „Gang daryosi oqqan mamlakatda“, „Daydi“, „Janob 420“, „Yangi Dehli“, „Sangam“, „Mening ismim masharaboz“ va boshqalar) film qoʻshiqlarini katta mahorat, nozik did bilan ijro etgan. Konsert dasturlaridan hind mumtoz (ishqiy „gʻazal“, diniy „bqojon“ va boshqalar), oʻzga xalq (urdu, panjob, bengal, tamil, telugu va boshqalar)lar va zamonaviy mualliflar qoʻshiqlari oʻrin olgan. Hindistonning eng oliy — „Padma Bhushan“, „Dada Sahib Phalke“ davlat mukofotlari bilan taqdirlangan. Jahon boʻylab gastrolda boʻlgan (jumladan, Oʻzbekistonda ham, 1968).
Manbalar
| ]- OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
| Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. |
| Aktyor yoki aktrisa haqidagi ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. |
- 28-sentyabrda tugʻilganlar
- 1929-yilda tugʻilganlar
- Madhya-Pradeshda tugʻilganlar
- 6-fevralda vafot etganlar
- 2022-yilda vafot etganlar
- Mumbayda vafot etganlar
- Faxriy legion ordeni sohiblari
- Aktyorlar haqidagi chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Lata Mangeshkar haqida, Lata Mangeshkar nima? Lata Mangeshkar nimani anglatadi?



Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!