Lipetsk viloyati
Lipetsk viloyati – Rossiya Federatsiyasidagi viloyat. 1954-yil 6-yanvarda tashkil etilgan. Maydoni 24,1 ming km². Aholisi 1247,8 ming kishi (1998), asosan, ruslar yashaydi. Shaharliklar 64%. 18 tumanga boʻlingan, 8 shahar, 5 shaharcha bor (2001). Markazi – Lipetsk shahri.
Lipetsk viloyati Sharqiy Yevropa tekisligining markazida. Don daryosining yuqori havzasida joylashgan. Yer yuzasi toʻlqinsimon tekislik. Daryo vodiylari va jarliklar bilan oʻyilgan. Foydali kazil-malari: temir rudasi, flyus va texnologik ohaktoshlar, oʻtga chidamli gil, kvars qumlari, torf. Lipetsk yaqinida mineral buloklar va shifobaxsh balchiqlar bor. Iklimi moʻʼtadil kontinental. Yanvarning oʻrtacha temperaturasi – 10°, iyulniki 19°. Yillik yogʻin 500 mm. Vegetatsiya davri 180–185 kun. Asosiy daryosi Don va uning irmoklari: (Sosna, Krasivaya Mecha, Voronej). Tuproqlari qoratuproq, sur va toʻq sur oʻrmon tuproqlari, botqoq va torf tuproqlar.
Lipetsk viloyati sanoatining asosiy tarmoqlari: qora metallurgiya (choʻyan, poʻlat, prokat), mashinasozlik va metallsozlik (metall qirquvchi stanoklar, traktorlar, sanitariya-texnika jihozlari), kimyo (smola, lok, azot oʻgʻitlari), oziq-ovqat (shakarqand, spirt, kraxmal, konserva, oziqovqat konsentratlari, sabzavot quritish, sut-yogʻ, goʻsht-parrandachilik kombinatlari) sanoatlari. Kurilish materiallari ishlab chiqariladi. Temir-beton buyumlari zavodi (Yelets, Lipetsk, Dankov, Gryazi) va boshqa bor. Mebel (Yelets), poyabzal (Lipetsk), tikuvchilik (Yelets, Lipetsk, Usman) korxonalari va boshqa mavjud.
Qishloq xoʻjaligi gʻalla ekinlari, kungaboqar, qand lavlagi, kartoshka yetishtirishga va sut-goʻsht chorvachiligiga ixtisoslashgan. Bugdoy, javdar, grechixa, maxorka, sabzavot ekinlari ekiladi. Koramol, choʻchqa, qoʻy, parranda boqiladi. Transport yoʻli, avtomobil transporti bor.
Manbalar
| ]- "Lipetsk viloyati" OʻzME. L-harfi (Wayback Machine saytida 2022-02-03 sanasida arxivlangan) Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil
|  | Ushbu maqolada Oʻzbekiston milliy ensiklopediyasi (2000-2005) maʼlumotlaridan foydalanilgan. | 
|  | Rossiya oid ushbu maqola chaladir. Siz uni boyitib, Vikipediyaga yordam berishingiz mumkin. | 
- Rossiya viloyatlari
- Alifbo boʻyicha maʼmuriy birliklar
- Rossiya geografiyasiga oid chala maqolalar
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Lipetsk viloyati haqida, Lipetsk viloyati nima? Lipetsk viloyati nimani anglatadi?


 
  
  
  
  
 


Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!