Lucas Hernandez
![]() Ernandes 2022-yilda Bayern Munichda o‘ynamoqda | |||
| Shaxsiy maʼlumot | |||
|---|---|---|---|
| Toʻliq ismi | Lucas François Bernard Hernandez | ||
| Tavallud sanasi | 14-fevral 1996-yil | ||
| Tavallud joyi | Marsel, Fransiya | ||
| Boʻyi | 1.82 m | ||
| Ampluasi | Himoyachi | ||
| Klub maʼlumoti | |||
Joriy klub | Paris Saint-Germain | ||
| Raqami | 21 | ||
| Yoshligida aʼzo boʻlgan klublar | |||
| 2002—2007 | Rayo Majadahonda | ||
| 2007—2014 | Atlético Madrid | ||
| Professional faoliyati* | |||
| Yillar | Jamoa | Isht. | (Gol.) |
| 2014—2015 | Atlético Madrid B | 21 | (1) |
| 2014—2019 | Atlético Madrid | 67 | (1) |
| 2019—2023 | Bayern Munich | 74 | (0) |
| 2023— | Paris Saint-Germain | 43 | (1) |
| Milliy terma jamoa | |||
| 2012 | Fransiya U16 | 1 | (0) |
| 2014 | Fransiya U18 | 2 | (0) |
| 2014—2015 | Fransiya U19 | 13 | (0) |
| 2015 | Fransiya U20 | 3 | (0) |
| 2016—2017 | Fransiya U21 | 9 | (0) |
| 2018— | Fransiya | 37 | (0) |
| *Professional klublardagi gollari (ichki chempionat) (2025-yil 1-iyun uchun) | |||
Lucas Fransua Bernard Hernandez (fransuzcha: [lukas ɛʁnɑ̃dɛz, - ɛʁnandɛs] 1996-yil 14-fevralda tugʻilgan) – fransuz professional futbolchisi, Bundesliganing „Bavariya“ klubi va Fransiya terma jamoasida chap qanot va markaziy himoyachi ampulasida oʻynaydi.
Ernandes oʻz faoliyatini "Atletiko Madrid" klubida boshlagan, u yerda u 100 dan ortiq oʻyinlarda maydonga tushib, 2016-yilda UEFA Chempionlar Ligasi finaliga qadar yetib borgan. Shuningdek, 2018-yilgi Yevropa ligasi va Superkubogi sohibi boʻlgan. U 2019-yilda „Bavariya“ bilan shartnoma imzoladi va oʻzining birinchi mavsumidayoq Bundesliga, DFB-Pokal va Chempionlar ligasida gʻolib chiqdi. Ernandes 2018-yildan beri fransuz termasi futbolchisi, 2018-yilgi FIFA Jahon chempionatida ham gʻolib boʻlgan va UEFA Yevro-2020da ham ishtirok etgan.
Klubdagi faoliyati
| ]Atletiko Madrid
| ]
Otasi Jan-Fransua Ernandes „Olimpik Marsel“da oʻynab yurgan paytida Ernandes toʻrt yoshida Ispaniyaga koʻchib oʻtdi (u fransuz tilida biroz ispancha aksent bilan gapiradi) va „ Atletiko Madrid“ jamoasiga kelib qoʻshildi. 2013-yilning 9-noyabrida murabbiy Diego Simeone tomonidan Ernandes La Liganing „Vilyarreal“ klubiga qarshi oʻyinda maydonga tushirildi, ammo ertasi kuni mehmondagi 1:1 hisobidagi oʻyinda unga imkon berilmadi.
Ernandes asosiy tarkibdagi debyutini 2014-yil 26-aprelda oʻtkazdi va Segunda B divizionida „Real Sosedad B“ga qarshi safarda 0:1 hisobida magʻlubiyatga uchragan oʻyinda zaxiradan maydonga tushdi. Mavsum davomida u yana uchta oʻyinda maydonga tushdi, chunki ularda quyi ligaga tushib ketish xavfi deyarli yoʻq edi. Natijada Lukas klub bilan 2018-yilgacha amal qiladigan yangi shartnoma imzoladi.
Ernandes 2014-yil 3-dekabrda jamoadagi birinchi debyutini oʻtkazdi va Ispaniya Kubogida CE L’Hospitalet ustidan 3:0 hisobida muvaffaqiyat qozonib, toʻliq 90 daqiqa davomida oʻynadi. Uning Ispaniya yuqori ligasidagi ilk uchrashuvi Bilbaoning „Atletik''iga qarshi safarda 4:1 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda roʻy berdi. U oʻsha oʻyinda Guilherme Siqueiraning oʻrniga kechroq maydonga tushirildi.
2015-16-yilgi mavsum
| ]2015-yilning 10-avgustida Ernandes shartnomasini 2019-yilgacha uzaytirdi va yakunda asosiy tarkibga koʻtarildi. Uning UEFA Chempionlar Ligasidagi ilk uchrashuvi 2016-yilning 15-martida boʻlib oʻtdi. PSV Eyndxovenga qarshi 1/8 final uchrashuvining qoʻshimcha boʻlimida jarohat olgan Diego Godin oʻrniga aynan u tushirildi (120 daqiqadan soʻng 0:0, penaltilar seriyasida 8:7 hisobida gʻalaba qozondi). 28-may kuni San-Siroda “Real Madrid" ga magʻlub boʻlgan finalda ham ishtirok etdi.
2016-17-yilgi mavsum
| ]2016-yilning 6-avgustida, Ernandes „Atletiko“ bilan shartnomasini 2020-yilning 30-iyuniga qadar uzaytirdi. U 2016-17 yilgi mavsumda Atletiko safida kerakli oʻyinchilardan biri edi va mavsum davomida barcha musobaqalarda 22 uchrashuvda maydonga tushgan boʻlsa, shularning 20tasini asosiy tarkibda boshladi.
2017-18-yilgi mavsum
| ]2017-18-yilgi mavsumda Ernandes jamoaning asosiy aʼzosi boʻldi, chunki u barcha musobaqalarda 44 ta oʻyinda maydonga tushdi. „Atletiko“ 2018-yilgi UEFA Yevropa ligasi finaliga chiqib, Fransiyaning Marsel klubiga qarshi oʻynadi va yakunda 3:0 hisobida gʻalabaga erishdi, bu, oʻz navbatida, Ernandes uchun birinchi xalqaro sovrin edi.
2018-19-yilgi mavsum
| ]Ernandes professional futbolchi sifatida ilk golini 2019-yilning 19- yanvarida „SD Huesca“ga qarshi oʻyinda (3:0) kiritdi.
2019-yilning 27-martida, „Atletiko“ Lukas Ernandes 2019-yil yozida klubni tark etishini tasdiqladi. „Atletiko“ Ernandesga shartnomani uzaytirishni taklif qildi, ammo u Bundesliganing „Bavariya“ klubi bilan shartnoma imzolashga qaror qildi. „Atletiko“ nemis klubi Ernandesning tovon pulini 80 million yevroga faollashtirganini aytdi. Myunxenning „Bavariya“ klubi tibbiyot xodimlari tomonidan tibbiy koʻrikdan oʻtkazilganda, Ernandesning oʻng tizzasidagi medial tanglay bogʻlamining shikastlanishi aniqlangan. 2019-yil 28-mart kuni Ernandes oʻng tizzasini muvaffaqiyatli operatsiya qildi. Operatsiya Ernandesning „Atletiko“dagi mavsumini yakunlashiga olib keldi.
Ernandes La Ligada 14 ta, barcha musobaqalarda 22 ta uchrashuvda maydonga tushib, bitta gol urgan.
2019-yil 12-oktabr kuni Ernandesning „Atletiko“dagi sobiq bosh murabbiyi Diego Simeone Marca nashriga bergan intervyusida chap qanot himoyachisining „Bavariya“ga ketishi „Atletiko“ga katta zarar yetkazganini aytdi: "Bizni eng koʻp xafa qilgan narsa bu Lukas edi. „Atletiko“ni bir vaqtning oʻzida tark etib, „Barselona“ga oʻtgan Antuan Grizmanndan ham koʻproq u muhim oʻyinchi edi.
Bavariya
| ]2019-yilning 27-martida „Bavariya“ Ernandes 2019-yilning 1-iyulida 80 million yevro evaziga klubga oʻtishini eʼlon qildi va u bilan 2024-yilgacha amal qiladigan shartnoma imzoladi. U 10-avgust kuni DFB-Pokalda Energie Kottbusga qarshi birinchi davra oʻyinida „Bavariya“ safida 89-daqiqada zaxiradan maydonga tushdi. 2020-yil 23-avgust kuni „Bavariya“ jamoadoshlari bilan Ernandes Chempionlar ligasi gʻolibiga aylandi.
2020-yil 3-noyabrda Ernandes UEFA Chempionlar ligasining 2020-21 -yilgi mavsumida „Red Bull Zalsburg“ ustidan 6:2 hisobida gʻalaba qozongan oʻyinda „Bavariya“ safidagi ilk golini kiritdi.
Xalqaro faoliyati
| ]
Ernandes 2012-yilning 6-martida Fransiya terma jamoasi safida ilk bor maydonga tushdi va 16 yoshgacha boʻlganlar jamoasi tarkibida Covercianoda Italiyaga qarshi oʻrtoqlik uchrashuvida (1:1) toʻliq 90 daqiqa oʻynadi. 2014-yilda u 18 va 19 yoshgacha boʻlgan jamoalar safida ham maydonga tushdi. Keyingi yili u oʻz oʻyinlari bilan 2015-yilgi UEFA 19 yoshgacha boʻlgan yoshlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchilaridan biri boʻldi.
2018-yilning mart oyida Ernandes murabbiy Dide Desham tomonidan Kolumbiya va Rossiya bilan oʻrtoqlik oʻyinlari uchun terma jamoaga chaqirildi. U Parijdagi 2:3 hisobidagi magʻlubiyatning soʻnggi 14 daqiqasida Lukas Digne oʻrniga maydonga tushib, oʻz debyutini amalga oshirdi.
Ernandes 2018-yilgi FIFA Jahon chempionati uchun terma jamoa tarkibidan joy oldi. U musobaqadagi debyutini 16-iyun kuni Avstraliyaga qarshi (2:1) oʻtkazdi va Fransiyaning turnir davomidagi yettita oʻyinidan oltitasida toʻliq 90 daqiqa maydonda harakat qildi.
2021-yil oktabr oyida Belgiyaga qarshi UEFA Millatlar ligasi yarim finali oldidan Lukas birinchi marta ukasii Teo bilan Dide Deshamdan milliy terma jamoaga chaqiruv oldi. Keyinroq ikkalasi 3-4-1-2 sxemasida mos ravishda chap qanot yarim himoyachi va chap qanot himoyachisi sifatida maydonga tushishdi. Teo 90-daqiqada gʻalaba toʻpini kiritdi. Ernandes 2022-yilgi Jahon chempionati oldidan Fransiya terma jamoasiga chaqirildi, biroq Avstraliyaga qarshi guruhdagi birinchi oʻyin boshida tizzasidan jarohat oldi va turnirda ishtirok eta olmaydigan boʻldi.
Shaxsiy hayoti
| ]Ernandesning otasi Jan-Fransua ham markaziy himoyachi edi. U asli ispan va Atletiko Madrid safida ham oʻynagan. Ernandesning ukasi Teo ham shu klubda tarbiyalangan va xuddi shu pozitsiyada oʻynagan. 2018-yil oktabr oyida Marca nashriga bergan intervyusida u oilasi otasidan 12 yoki 13 yil davomida xabar olmaganini aytdi. 2022-yilda fransuzning L'Équipe gazetasi 2004-yilda bedarak yoʻqolgan Jan-Fransua Tailandda yashayotganini va uning sobiq sherigi tomonidan bolalarini koʻrishga qonuniy ravishda toʻsiq qoʻygani aniqlangan.
2017-yil 3-fevralda Ernandes qiz doʻstiga zoʻravonlikda ayblanib, hibsga olingan. Ernandes va uning qiz doʻsti Ameliya Llorente ham 31 kunlik jamoat ishlariga joʻnatildi.
Ernandes oʻsha yilning iyun oyida Llorente bilan asal oyidan qaytib, Madridga birga qoʻnganidan soʻng, cheklov tartibini buzgani uchun yana hibsga olingan. Ushbu qoidabuzarlik uchun 2021-yil 13-oktabrda Ernandes Ispaniya sudi tomonidan olti oylik qamoq jazosiga hukm qilindi, biroq u apellyatsiya berdi va uning oʻrniga toʻrt yillik shartli qamoq jazosiga hukm qilindi va 96 000 yevro jarima toʻlashga majbur boʻldi.
Faoliyatidagi statistikasi
| ]Klub
| ]- 2022-yilning 12-noyabrigacha boʻlgan o'yinlar
| Klub | Mavsumlar | Liga | Musobaqa | Yevropa | Boshqa | Umumiy | ||||||
|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|---|
| Divizionlar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | Oʻyinlar | Gollar | ||
| Atlético Madrid | 2014-15 | La Liga | 1 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 0 | 0 | 4 | 0 |
| 2015-16 | La Liga | 10 | 0 | 2 | 0 | 4 | 0 | — | 16 | 0 | ||
| 2016-17 | La Liga | 15 | 0 | 5 | 0 | 4 | 0 | — | 24 | 0 | ||
| 2017-18 | La Liga | 27 | 0 | 6 | 0 | 11 | 0 | — | 44 | 0 | ||
| 2018-19 | La Liga | 14 | 1 | 2 | 0 | 5 | 0 | 1 | 0 | 22 | 1 | |
| Umumiy | 67 | 1 | 18 | 0 | 24 | 0 | 1 | 0 | 110 | 1 | ||
| Bayern Munich | 2019-20 | Bundesliga | 19 | 0 | 3 | 0 | 3 | 0 | 0 | 0 | 25 | 0 |
| 2020-21 | Bundesliga | 23 | 0 | 1 | 0 | 8 | 1 | 5 | 0 | 37 | 1 | |
| 2021-22 | Bundesliga | 25 | 0 | 1 | 0 | 8 | 0 | 0 | 0 | 34 | 0 | |
| 2022-23 | Bundesliga | 7 | 0 | 1 | 0 | 2 | 1 | 1 | 0 | 11 | 1 | |
| Umumiy | 74 | 0 | 6 | 0 | 23 | 2 | 4 | 0 | 107 | 2 | ||
| Umumiy koʻrsatkich | 141 | 1 | 24 | 0 | 47 | 2 | 5 | 0 | 217 | 3 | ||
- Three appearances in UEFA Champions League, eight appearances in UEFA Europa League
- Appearance in UEFA Super Cup
- One appearance in UEFA Super Cup, one appearance in DFL-Supercup, one appearance in FIFA Club World Cup
- Appearance in DFL-Supercup
Xalqaro
| ]- 2022-yilning 22-noyabrigacha boʻlgan o'yinlar
| Milliy terma jamoa | Yillar | Oʻyinlar | Gollar |
|---|---|---|---|
| Fransiya | 2018 | 15 | 0 |
| 2019 | 2 | 0 | |
| 2020 | 5 | 0 | |
| 2021 yil | 8 | 0 | |
| 2022 | 3 | 0 | |
| Jami | 33 | 0 | |
Yutuqlari
| ]Atletiko Madrid
- UEFA Europa League: 2017-18
- UEFA Super Cup: 2018
- UEFA Champions League runner-up: 2015-16
Bavariya
- Bundesliga: 2019-20, 2020-21, 2021-22
- DFB-Pokal: 2019-20
- DFL-Supercup: 2020, 2022
- UEFA Champions League: 2019-20
- UEFA Super Cup: 2020
- FIFA Club World Cup: 2020
Fransiya
- FIFA Jahon chempionati : 2018
- UEFA Millatlar ligasi : 2020-2021
Shaxsiy sovrinlar
- 19 yoshgacha boʻlgan oʻsmirlar oʻrtasidagi Yevropa chempionatining eng yaxshi oʻyinchisi (2015).
Manbalar
| ]- "Décret du 31 décembre 2018 portant promotion et nomination" (fr). Official Journal of the French Republic 2019 (1). 1 January 2019. PRER1835394D. https://www.legifrance.gouv.fr/jorf/id/JORFTEXT000037909703. Qaraldi: 28 November 2020.Lucas Hernandez]]
- „FIFA World Cup Russia 2018: List of Players: France“. FIFA (2018-yil 15-iyul). 2019-yil 11-iyunda asl nusxadan arxivlangan.
- „Lucas Hernández“. FC Bayern Munich. 2020-yil 7-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2020-yil 7-mart.
- „Equipe de France – Lucas Hernandez: "Une année incroyable"“ (fr). YouTube. Qaraldi: 2018-yil 13-iyul.
- „Suivez la conférence de presse avec N'Golo Kanté et Lucas Hernandez“ (fr). YouTube. Qaraldi: 2018-yil 13-iyul.
- „Atlético-Bayern: de la Youth League au dernier carré de la C1, la folle ascension de Lucas Hernandez“ (fr). Eurosport (2016-yil 26-aprel). Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
- Benson. „My home country is France – Lucas defends Spain snub“. Goal (2018-yil 25-mart). Qaraldi: 2018-yil 21-iyun.
- „Lucas Hernández: el 'jefazo' de la cantera“ (es). Mundo Deportivo (2013-yil 14-iyun). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- „Fútbol: el nuevo fichaje "Rodri" (At. Madrid) y Lucas jugaron juntos en Majadahonda“ (es). Majadahonda Magazin (2017-yil 22-dekabr). 2019-yil 7-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2018-yil 31-iyul.
- Lechuga. „Lucas Hernández: "Es un sueño poder estar en la convocatoria del primer equipo"“ (es). Vavel (2013-yil 9-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- Liceras, Ángel. „El Atlético saca provecho de su manual de supervivencia“ (es). Marca (2013-yil 10-noyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- „El Atlético B cayó de penalti en Zubieta“ (es). Atlético Madrid (2014-yil 26-aprel). 2014-yil 11-dekabrda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- Aznar, Luis. „Lucas, primer 'fichaje'“ (es). Marca (2014-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- „L'Hospitalet 0–3 Atletico Madrid: Griezmann and Gabi grind out the win“. Goal (2014-yil 3-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- Malagón, Manuel. „Griezmann fue Diego Costa“ (es). Marca (2014-yil 21-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 21-dekabr.
- „Lucas Hernández renueva hasta el 2019“ (es). Atlético Madrid (2015-yil 10-avgust). 2016-yil 5-martda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2015-yil 10-avgust.
- „Atlético Madrid overcome PSV in lengthy shoot-out“. UEFA (2016-yil 15-mart). Qaraldi: 2016-yil 15-mart.
- „Spot-on Real Madrid defeat Atlético in final again“. UEFA (2016-yil 28-may). Qaraldi: 2016-yil 30-may.
- „Lucas Hernández renews until 2020“. Atlético Madrid. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
- „Atlético win the 2018 Europa League title“. UEFA. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
- „El Atleti se repone en Huesca“ (es). Europa Press (2019-yil 19-yanvar). Qaraldi: 2019-yil 19-yanvar.
- „Agreement with Bayern Munich over the transfer of Lucas Hernandez for the amount of his buyout clause“. Atlético Madrid. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
- „Lucas Hernández operation successful“. FC Bayern Munich. Qaraldi: 2019-yil 5-aprel.
- „Simeone: Lucas' departure was more painful than Griezmann's“ (2019-yil 11-oktyabr). Qaraldi: 2019-yil 13-oktyabr.
- „FC Bayern sign Lucas Hernandez“. FC Bayern Munich (2019-yil 27-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-mart.
- „Lucas Hernandez: Bayern Munich sign Atletico Madrid's World Cup-winning defender“. BBC Sport (2019-yil 27-mart). Qaraldi: 2019-yil 27-mart.
- „Energie Cottbus vs FC Bayern match report“. FC Bayern Munich. Qaraldi: 2019-yil 19-avgust.
- McNulty. „Paris St-Germain 0-1 Bayern Munich“. BBC Sport (2020-yil 23-avgust). Qaraldi: 2020-yil 23-avgust.
- „Salzburg 2–6 Bayern“. UEFA (2020-yil 3-noyabr).
- „Under-19 - Technical report - Team of the Tournament“. UEFA (2015-yil 20-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-aprel.
- „Wissam Ben Yedder and Lucas Hernandez handed France call-ups“. Kwesé Sports (2018-yil 15-mart). Qaraldi: 2018-yil 16-mart.
- „Lucas Hernández hizo su debut con Francia“ (es). El Economista (2018-yil 23-mart). Qaraldi: 2018-yil 24-mart.
- Charles. „Alexandre Lacazette and Anthony Martial on standby for France World Cup squad and Dimitri Payet out“. Sky Sports (2018-yil 17-may). Qaraldi: 2018-yil 17-may.
- Sutcliffe. „France 2–1 Australia“. BBC Sport (2018-yil 16-iyun). Qaraldi: 2018-yil 16-iyun.
- Nabet. „Coupe du monde 2018: Lucas Hernandez, le combattant“ (fr). Le Point (2018-yil 15-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
- McNulty. „France 4–2 Croatia“. BBC Sport (2018-yil 15-iyul). Qaraldi: 2018-yil 15-iyul.
- Onrubia. „El sueño de los Hernández“ (es). as.com (2021-yil 5-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- Reuters. „France's Hernandez out of World Cup with knee injury“ (en). Reuters (2022-yil 23-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 23-noyabr.
- Barrère, Sébastien. „Lucas Hernandez, l'Espagnol à l'accent français“ (fr). La Dépêche du Midi (2018-yil 21-mart). Qaraldi: 2018-yil 1-aprel.
- „Lucas, el futuro jefe de la defensa“ (es). ABC (2014-yil 5-dekabr). Qaraldi: 2014-yil 6-dekabr.
- G. Fuente, Chema. „Theo y Lucas, dos hermanos del Atlético sobre el campo 60 años después“ (es). Mundo Deportivo (2016-yil 6-fevral). Qaraldi: 2016-yil 21-iyul.
- „Lucas Hernandez speaks about his father: We've not heard from him for 12 years“. Marca (2018-yil 17-oktyabr). Qaraldi: 2018-yil 17-oktyabr.
- „Father of Lucas and Theo Hernandez 'turns up' 18 years later: He's waiting for his children to call him“. Marca (2022-yil 12-noyabr). Qaraldi: 2022-yil 12-noyabr.
- „Atletico Madrid defender Lucas Hernandez arrested“. BBC Sport (2017-yil 3-fevral). Qaraldi: 2017-yil 3-fevral.
- „Así fue la pelea entre Lucas Hernández y su pareja“ (es). Sport (2017-yil 7-fevral). Qaraldi: 2017-yil 9-fevral.
- Garcia. „Bayern Munich's Lucas Hernandez avoids jail time for disobeying restraining order“. ESPN (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- „Lucas Hernandez: Bayern Munich and France defender appeals six-month jail sentence for breaking restraining order“. Sky Sports (2021-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- Garcia. „Bayern Munich's Lucas Hernandez avoids jail time for disobeying restraining order“. ESPN (2021-yil 27-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- „Lucas Hernandez: Bayern Munich and France defender appeals six-month jail sentence for breaking restraining order“. Sky Sports (2021-yil 14-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 23-dekabr.
- „Lucas Hernandez: France defender gets six-month jail term“ (en-GB). BBC News (2021-yil 13-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 13-oktyabr.
- „L. Hernández“. Soccerway. Qaraldi: 2017-yil 1-may.
- „Lucas Hernández“. EU-Football.info. Qaraldi: 2018-yil 29-mart.
- Hafez. „Marseille 0–0 Atlético Madrid“. BBC Sport (2018-yil 16-may). Qaraldi: 2018-yil 17-may.
- Sanders. „Real Madrid 2–4 Atlético Madrid“. BBC Sport (2018-yil 15-avgust). Qaraldi: 2018-yil 16-avgust.
- „Spot-on Real Madrid defeat Atlético in final again“. UEFA (2016-yil 28-may). Qaraldi: 2016-yil 30-may.
- „Bayern Munich secure eighth successive Bundesliga title with win at Werder Bremen“. bundesliga.com (2020-yil 16-iyun). Qaraldi: 2020-yil 16-iyun.
- „Bayern Munich crowned Bundesliga champions“. bundesliga.com (2021-yil 8-may). Qaraldi: 2021-yil 8-may.
- „Bayern win the Champions League“. ESPN (2020-yil 23-iyul). Qaraldi: 2020-yil 23-iyul.
- „Joker Javi Martinez köpft Bayern zum Supercup“ (de). kicker.de (2020-yil 24-sentyabr). Qaraldi: 2020-yil 24-sentyabr.
- „Pavard completes sextuple for dominant Bayern“. FIFA.com (2021-yil 11-fevral). 2021-yil 11-fevralda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2021-yil 11-fevral.
- „France 4–2 Croatia: Line-ups“. FIFA. 2018-yil 12-iyulda asl nusxadan arxivlangan. Qaraldi: 2019-yil 17-iyun.
- „France beat Spain to win Nations League“. UEFA (2021-yil 10-oktyabr). Qaraldi: 2021-yil 10-oktyabr.
- „Under-19 - Technical report - Team of the Tournament“. UEFA (2015-yil 20-iyul). Qaraldi: 2019-yil 2-aprel.
Havolalar
| ]| Vikiomborda Lucas Hernandez haqida turkum mavjud |
- Profile Paris Saint-Germain F.C. saytida
- Lucas Hernandez BDFutbol saytida
- Lucas Hernandez Fransiya futbol federatsiyasi rasmiy saytida (fransuzcha)
- Lucas Hernandez National-Football-Teams.com saytida
- Lucas Hernandez – UEFA musoboqalardagi natijalari (arxivlangan)
vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Lucas Hernandez haqida, Lucas Hernandez nima? Lucas Hernandez nimani anglatadi?




Izoh qoldiring
Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?Hissa qoʻshishingiz mumkin!