Lyudmila Zikina

Lyudmila Georgiyevna Zikina (1929.10.6, Moskva — 2009.1.7) — rus xonandasi, Rossiya (1968), Oʻzbekiston (1980) xalq artisti, Mehnat Qahramoni (1987), professor (1989). Pyatnitskiy nomidagi Rus xalq xori (1947—51), Butunittifoq radiosi krshidagi Rus qoʻshigʻi xori (1951—60), Moskonsert (1960— 77)da yakka xonanda, "Rossiya" davlat akademik xalq ansamblining badiiy rahbari (1977-yildan), Rossiya madaniyat akademiyasi prezidenti (1992-yildan). Kuchli, nihoyatda boy va jozibali ovoz sohibasi. Ijrosi milliy mumtoz kuylash uslubini mukammal bilishi, yuksak mahorati, keng nafasi va alohida kuychanligi bilan ajralib turadi. Repertuaridan rus xalq qoʻshiqlari ("Orenburg roʻmoli", "Uzoqlardan oqib kelmoqda Volga" va b.) keng oʻrin olgan. Yevropa, Osiyo (jumladan Oʻzbekistonda ham) va Amerika mamlakatlarida bir necha marta gastrolda boʻlgan.

image

Manbalar

  1. OʻzME. Birinchi jild. Toshkent, 2000-yil



vikipediya, viki, kitob, kitoblar, kutubxona, maqola, o‘qish, yuklab olish, bepul, bepul yuklab olish, mobil, telefon, android, ios, apple, mobil telefon, kompyuter, veb, axborot Lyudmila Zikina haqida, Lyudmila Zikina nima? Lyudmila Zikina nimani anglatadi?

0 javoblar

Izoh qoldiring

Munozaraga qoʻshilishni xohlaysizmi?
Hissa qoʻshishingiz mumkin!

Javob yozing

Majburiy maydonlar * bilan belgilangan